“Atletiko” prezidenti: “Biz Ronaldudan qo'rqmaymiz, uni bir necha bor mag'lub etganmiz”
27 noy 2019 00:32
Yangiliklar
“Atletiko” prezidenti: “Biz Ronaldudan qo'rqmaymiz, uni bir necha bor mag'lub etganmiz”
“Atletiko” prezidenti Enrike Sereso ECHL doirasida “Yuventus”ga qarshi kechadigan bahs haqida gapirdi.
“Bu bahsda g'alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilayapmiz. Sizningcha, biz nima uchun Turinga kelganmiz?
O'tgan yilgi mag'lubiyatga to'xtaladigan bo'lsam, har bir bahs o'zgacha natijani taqdim etadi. O'shanda biz uyda 2:0 hisobida g'alaba qozongandik. Bizning foydamizga penalti belgilanmagan edi. Bu erda esa 0:3 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgandik.
Endi esa bizni umuman boshqa o'yin kutib turibdi. Avvalgi o'yin bilan bunisini hech qanday bog'liqlik joyi yo'q. Biz kamida bir ochko ishlashimiz va keyingi bosqichga chiqishimiz lozim.
“Atletiko hech qachon Ronaldudan qo'rqmaydi. Biz ilgari bir necha bor uni mag'lub etganmiz va yana bu ishni davom ettiramiz”, deydi Sereso.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar