"Atletiko" himoyachisi Lodi Braziliya terma jamoasiga chaqirilmadi, bunga sabab u to'liq emlanmagan
14 jan 2022 16:34
Yangiliklar
"Atletiko" himoyachisi Lodi Braziliya terma jamoasiga chaqirilmadi, bunga sabab u to'liq emlanmagan
"Atletiko" himoyachisi Renan Lodining nega Braziliya terma jamoasiga chaqirilmagani malum bo'ldi.
"Lodida vakcina yo'qligi sabab tarkibga kirish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. U emlanmaganligi sabab turnirda ishtirok etish imkoniyatini yo'qotdi", - deydi terma jamoa bosh murabbiyi Tite.
Qayd etish kerakki, Lodi faqatgina bitta doza vakcina olgan.
Terma jamoa xodimi Junino Paulistaning qo'shimcha qilishicha, himoyachi borasidagi qaror kirish uchun to'liq emlanganlik talab qiladigan davlatlarning sog'liqni saqlash qonunchiligi bilan bog'liq.
Fikrlar