"Atletiko" Argentina terma jamoasi o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
23 avg 2019 16:20
Yangiliklar


"Atletiko" Argentina terma jamoasi o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Udineze" xavbeki Rodrigo De Paul Madridning "Atletiko" klubiga o'tishi mumkin.
25 yoshli argentinalikka shaxsan "matraschilar" murabbiyi Diego Simeone qiziqmoqda.
Ehtimoliy transfer Madrid klubiga 35 million evroga tushishi mumkin.
De Paul o'tgan mavsum A Seriyada 36ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 9ta assistga erishgan.
Yarim himoyachi "Udineze"dan tashqari "Rasing" va "Valensiya" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar