"Atletiko" Allan uchun qancha to'lamoqchi?
17 avg 2020 01:20
Yangiliklar


"Atletiko" Allan uchun qancha to'lamoqchi?
"Napoli" yarim himoyachisi Allan Diego Simeone shogirdiga aylanishi mumkin.
So'nggi axborotlarga ko'ra, "Atletiko" yarim himoyachi uchun taxminan 40 million evro to'lashga tayyor. U jamoada "Arsenal"ga o'tishi mumkin bo'lgan Tomas Partining o'rnini egallaydi.
SHuningdek, braziliyalik futbolchiga "Everton" tomonidan ham qiziqish mavjud – uni xarid qilishni bosh murabbiy Karlo Anchelottining shaxsan o'zi xoxlayapti.
Allan joriy mavsum Neapol klubi tarkibida A Seriyaning 23 o'yinida qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar