"Atletik" himoyachisi jarrohlik stoliga yotqizildi

21 dek 2019, 23:27
Futbolchi uzoq vaqtdan buyon jarohatdan aziyat chekayotgandi.

Bilbaoning "Atletik" klubi o'ng qanot himoyachisi Oskar de Markos juma kuni muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqida "Marca" nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi joriy mavsum 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ma'lumotlarga ko'ra, de Markosning tiklanishi uchun kamida 10 hafta talab qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca