So’nggi yangiliklar

19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  1 19:50Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан, "Олимпик-MobiUz" "Локомотив" билан ўйнамоқда  0 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  0 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  0 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  2 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  1 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  0 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  3 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0

Asror G'ofurov: "Surxon" hali safdan chiqqani yo'q" Yangiliklar

Asror G'ofurov: "Surxon" hali safdan chiqqani yo'q"

Termizning "Surxon" jamoasi Superliganing 14-turiga kelib uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdi.

Bekobodning "Metallurg" jamoasi raqiblik qilgan uchrashuvda Bahrom Haydarov shogirdlari bir kishi kam bo'lib 1:0 hisobidagi ustun kelishdi. Ushbu bahsdan so'ng jamoaning etakchisi va sardori Asror G'ofurov saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.


- Dastlab "Metallurg" bilan kechgan o'yin haqida to'xtalsak. Aftidan hammasi durangga qarab ketayotgandek edi. Biroq yakunda bitta gol "Surxon"ga g'alabani tortiq qildi...

- Ko'rgan bo'lsangiz, o'yin tengkurashlar ostida o'tdi. To'g'ri jarayonni olib qaraganda durang ham qayd etilishi mumkin edi. Biroq biz oxirigacha kurashdik. Boisi g'alaba suv va havodek zarur edi. Ikki jamoa ham bitta gol bahs taqdirini hal qilishini bilgandek harakat qildi. Omad esa bizga kulib boqdi. 

- "Surxon" raqibning bo'sh xududlarini yaxshi yopa oldi va o'zining hujumlarini tezda tashkil qildi. Nima deb o'ylaysiz, mazkur bellashuvda taktika g'alaba qozondimi yoki futbolchilardagi ishtiyoq?

- O'yinga tayyorgarlik jarayonida murabbiylarimiz taktikani aniq va londa qilib tushuntirishgandi. Ularning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarishga harakat qildik va yakunda g'alaba qozondik. Mening fikrimcha, jamoamizda chiziqlar orasida raqobat paydo bo'ldi. Raqobat bor joyda o'sish bo'laveradi. Bu g'alabani juda uzoq kutgandik. 

- Jamoa mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgan pallada bitta g'alaba "chuqurlik"dan olib chiqib ketadi. "Metallurg" ustidan qozonilgan g'alaba "Surxon" uchun burilish nuqtasi bo'la oladimi?

- Hamma narsaga doim umid bilan qarash kerak, deb o'ylayman. Hammasi o'z qo'limizda. CHunki maydonda biz to'p tepamiz. Bekoboddagi g'alaba "chuqurlik"dan chiqib ketishimiz uchun ilk qadam bo'lishi mumkin. 

- Jamoaga yangi kelgan futbolchilar haqida fikringiz qanday? Deylik shu kuni maydondan chetlatilganingizdan so'ng markazda Javohir Sohibov katta hajmdagi ishni bajardi. Raqib hujumlarini buzishda, o'z jamoasining hujumlarini boshlashda yaxshi harakat qildi...

- Yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibga qo'shib olingan futbolchilarning barchasi yordamga kelgan. Ulardan umidimiz katta. Maqsadimiz esa Superligada o'rnimizni saqlab qolish. Bu mashaqqatli yo'lda yangi kelgan futbolchilar o'z hissalarini qo'shadilar, deb o'ylayman. Javohir Sohibov bilan 7 yil davomida "Paxtakor" akademiyasida birga to'p tepganmiz. Ajoyib futbolchi. Tajribasi katta. 

- Turnir jadvalining quyi qismida raqobat kuchliligini ko'rish mumkin. Superligada qolish uchun kurash so'nggi turlarga qadar davom etishini sezish qiyin emas. Ayni paytdagi holatdan kelib chiqib "Surxon"ni safdan chiqarish qay darajada o'rinli?

- Biz hali safdan chiqqanimiz yo'q. Kurash oxirgi turgacha davom etadi. Barchasini vaqt ko'rsatadi. Vaqt oliy hakam. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Xudo xohlasa ushbu raqobatda jamoamiz ustun keladi, degan umiddaman. 

- "Surxon" tushib ketgan taqdirda ham, barchasini boshidan boshlagan holda, stadioni, bazasini mustahkamlab Superligada yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa bo'lib qaytsin, degan fikrlar ham yangramoqda. Siz bunga qanday munosabat bildira olasiz?

- Uy maydoni va bazani Superligada ishtirok etib ham amalga oshirsa bo'ladi. Surxondaryo katta viloyat. Ushbu ishlarni qilishga kuchlari etadi, deb o'ylayman. Har doim biror narsaga erishish uchun vaqt kerak. "Surxon" Superligaga chiqqaniga uch yil bo'ldi. Barchasi sekin-asta bo'ladi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика