So’nggi yangiliklar

18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  4 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  5 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  15 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  17 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3

Asror G'ofurov: “Men uchun O'zbekistonga qaytish vaqti kelgandi” Yangiliklar

Asror G'ofurov: “Men uchun O'zbekistonga qaytish vaqti kelgandi”

Bir necha mavsumni Turkiyaning turli dvizionlarida o'tkazgan o'zbekistonlik futbolchi Asror G'ofurov, joriy yilda chempionatimizga qaytib faoliyatini davom ettirdi.

Birinchi davrani andijonliklar safida o'tkazgan yarim himoyachi, ikkinchi davrada “Surxon” jamoasi safiga kelib qo'shildi. Malumot o'rnida aytish joizki bugungi suhbatdoshimiz Superligada debyut mavsumini o'tkazdi. 


- Uzoq muddatdan so'ng milliy chempionatimizga qaytdingiz. Umuman olganda o'zingizni debyut mavsumingizni o'tkazdingiz. Dastlabki taasurotlar qanday bo'ldi? 

- Avvalambor, o'z yurtimga qaytib Superligada to'p tepganimdan xursandman. Taasurotlar alo.

- Hozirgacha bo'lgan faoliyatingizni ikki qismga, yani turk va o'zbek futboliga bo'ladigan bo'lsak, siz uchun qay biri ahamiyatliroq?

- Menimcha ikkiga ajratish noto'g'ri bo'lsa kerak. Futbolchi sifatida O'zbekistonda ulg'aydim, ilk qadamlarimni tashladim. Legionerga aylanish taqdirimda bor ekan, xorijda ham munosib to'p tepishga harakat qildim. Besh yilga yaqin vaqt mobaynida birinchi va to'rtinchi dvizion jamoalarida harakat qildim. Ilk turlarda biroz hayajonlanganim rost. Bu tabiiy holat. Termiz klubiga o'tganimdan so'ng ancha moslashib oldim. Ichki chempionatimizdagi tajribali futbolchilar bilan elkama-elka to'p tepdim. Oybek Qilichev, SHavkat Salomov va Dilshod Rahmatullaev kabilardan ko'p narsa o'rgandim.

- Nima uchun aynan “Andijon” variantida to'xtadingiz? Yoki boshqa sabablar ham bormi?

- Turkiyadan vatanimga qaytish vaqti kelgandi. Bu borada “Andijon” men uchun birinchi tashlangan qadam bo'ldi.

- “Andijon”ning uzoq muddat quyi ligada yurgani ham, qaysidir manoda muvaffaqiyatsizliklarga tasir qildimi?

- Albatta. Birinchi davrada bu yaqqol bilindi. Tarkibdagi ko'p futbolchilar yangi edi, o'zaro chiqishib ketishlari uchun vaqt kerak bo'ldi. Lekin, ko'rdingiz jamoa ikkinchi davrada o'z yo'lini topib oldi, natijalar ijobiy ko'rinish oldi. Aleksandr Xomyakov yangi havo olib kira oldi. Mavsum avvalida katta maqsadlar qo'yildi. Kuchli oltilikka kirish vazifa etib belgilandi. Biroq, har doim ham futbolda siz istagan narsa ro'y beravermaydi.

- “Andijon” varianti ortga tashlangan qadam emasmidi? O'zingizni nisbatan kuchliroq ligalarda sinab ko'rishingiz mumkinmidi? Bu borada variantlarga egamidingiz?

- Albatta! Ammo menga “Andijon” varianti juda maqul kelgandi. Bolaligimdan vodiy jamoalarida to'p surishni orzu qilganman. Niyatimga etdim. Har narsaning o'z vaqti bor. “Andijon” va “Surxon” ortga tashlangan qadam emas, deb o'ylayman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика