So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Asror Aliqulov Superliganing qaysi jamoasiga "yo'q!" dedi? Yangiliklar

Asror Aliqulov Superliganing qaysi jamoasiga "yo'q!" dedi?

Pro-liganing 16-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Neftchi" (1:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

"Bugungi o'yin qiyin bo'lishini taxmin qilgandik. SHunga yarasha uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rdik. "Neftchi" futbolchilari juda bo'ydor va ular maydonda bizga qiyinchilik tug'dirishdi. Yigitlar 60-70 daqiqalargacha raqibga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi. Bundan tashqari hujumga berilib ketganimiz oqibatida o'z xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Bu esa o'z navbatida hisobni yiriklashib ketishiga olib keldi.

Yigitlarimiz yosh va o'yinlarga ruhan tayyorgarligi etarli emas. Bugungi o'yinda ular tajribali futbolchilarga qarshi o'ynashdi. Hech bir o'yin oson o'tayotgani yo'q, zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar ham har doim o'yinni kuchaytira olmaydi.

"Qizilqum"ga qarshi o'yinda ham jamoamiz yomon harakat qilmagandi. Zaxiramiz kuchli emasligi ham o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Yigitlar o'yindan-o'yinga shakllanib borishadi".

— Bir muddat avval sizning xizmatlaringizga "Turon" rahbariyati qiziqish bildirayotgani to'g'risida mish-mishlar tarqalgandi. Bu gap-so'zlar haqiqatga qanchalik yaqin?

 — Ha, rost. Yaypan klubi rahbariyati bilan bu borada gaplashganmiz. Lekin "SHo'rtan"ni qiyin vaziyatda tashlab ketish yaxshi bo'lmasdi. Bundan tashqari "PRO" licenziyasiga o'qiyotgandim, hammasi bir vaqtga to'g'ri kelib qoldi.

— "SHo'rtan"ning moliyaviy holati yaxshi emas. Superligadan taklif bo'lganini o'zingiz tan oldingiz. Ayting-chi, sizni G'uzorda aynan nima ishlab turibdi?

— Birinchidan, futbolga bo'lgan munosabat. Hamma oson yo'lni tanlab ketaversa, bu futbolchilarni kim tayyorlaydi? Qo'l ostimdagi yigitlar orasida iqtidorlilari ko'p, ular o'z ustida ishlashdan to'xtamasligi kerak. SHuningdek, o'zim qashqadaryolik bo'lganim uchun ham "SHo'rtan"da ish boshlagandim. Qancha qiyin bo'lmasin, yilni G'uzor klubida yakunlab qo'ymoqchiman.

"Neftchi"ning asosiy maqsadi nima? Mo'minjonov javob berdi



Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика