So’nggi yangiliklar

13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   0 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  3 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  8 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1

Asror Aliqulov: "Jamoaning tayyorgarligi reja bo'yicha ketmoqda" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Jamoaning tayyorgarligi reja bo'yicha ketmoqda"

23 fevral kuni yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “SHo'rtan” jamoasi futbolchilari Muborakda “Mashal”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

O'yin yakuniga etgach, “Oq bo'rilar” ustozi Asror Aliqulov mazkur uchrashuv va qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarining borishi to'g'risida muxtasar fikrlarini bildirib o'tdi: 

- Superliga vakili bo'lgan “Mashal”ga qarshi uchrashuvimiz juda kerakli edi va ayni foydali bo'ldi. Bu yig'in davomidagi o'tkazgan ikkinchi jiddiy o'yinimiz. Bundan sal oldinroq “Dinamo” (Samarqand) bilan ham mana shunday muhim bahsda maydonga tushgan edik. Kuchli raqiblar bilan uchrashuvlar o'tkazish davomida aniq rejalarni amalga oshirish imkoni paydo bo'ladi. Misol uchun “Dinamo” va “Mashal” bilan kuch sinashishimiz asnosida o'zimizning uyin uslubimizni tatbiq etib ko'rdik. Yigitlarning imkoniyatlari, jismoniy salohiyati qanchalik darajada ekanligini sinovdan o'tkazdik. 

- Mana shu ikki uchrashuvdan ko'nglingiz to'ldimi?   

- Yuqorida bu ikkita nazorat uchrashuvining ahamiyatini bejizga takidlab o'tmadim. Sababi, har bir ishda kichik kichik xatolar, kamchiliklar bo'lishi tabiiy hol. Aynan mana shunday o'yinlar davomida nimalarga etibor qaratishimiz zarurligi yaqqol ko'rinib qoladi. 

SHogirdlarimning harakatlaridan ko'nglim to'ldi. Har ikki uchrashuvda ular o'z oldiga qo'yilgan vazifa hamda ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Maydonda erkin va raqibdan qo'rqmasdan to'p surishdi. 

- Kamchilik va xatolar haqida gapirdingiz. SHu to'g'risida ham batafsilroq to'xtalsangiz.

- Kamchiligimiz ikkita chiziqda yaqqol sezilib qolyapti: kuchli chap qanot himoyachi va hujumchiga ehtiyojimiz bor. Hech kimga sir emas, o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan har qanday jamoa mavsum davomida maksimal darajada uchrashuvlarni muvaffaqiyat bilan o'tkazishi kerak. G'alaba esa aynan hujumchilarning qanchalik ko'p sermahsullik ko'rsatishiga bog'liq. 

- Demak tarkibni shakillantirish borasida hali qilinadigan ishlar bor, shundaymi?

- PRO-Liga o'yinlari boshlanishiga vaqt bor. SHuning uchun bu yo'nalishda ish olib boramiz. 

- “SHo'rtan” mavsumga tayyorgarlikni biroz kechroq boshladi. Vaqt esa tezlik bilan o'tib bormoqda. Rejangizdagi ishlarni amalga oshirishga nechog'li ulgurmoqdasiz?

- Murabbiylar guruhidagi yordamchilarimiz bilan vaqtdan unumli foydalangan holda harakat qilyapmiz. SHuning uchun tayyorgarligimiz reja bo'yicha ketyapti, deb bemalol ayta olaman.

- “SHo'rtan”ning umumiy holati qanday? 

 - Hozirga kelib, tarkib 90 foizga tayyor. 

- Yig'in bo'yicha keyingi rejalar haqida ham malumot bersangiz.

- Fevral oyining oxiriga qadar G'uzorda mashg'ulotlarni davom ettiramiz. SHu bilan birga nazorat uchrashuvlarini ham tashkillashtirib boraveramiz. Ayni paytda sparring raqib qidiryapmiz. Agar kelishuvga erisha olsak, navbatdagi uchrashuv “SHerdor” jamoasi bilan bo'ladi. 

- Jamoani G'uzordan tashqariga, deylik Toshkent taraflarga olib chiqish ham ko'zda tutilganmi? 

- Bu masala bizning ham rejamizda bor. Poytaxtda raqib jamoalar topish imkoniyati ko'proq. Vaziyatdan foydalanib, 3-4 ta sinov nazorat uchrashuvlarini o'tkazib olsak, yaxshi bo'lardi. Lekin hozircha, bu haqda aniq biror bir gap ayta olmayman. Rahbariyat bilan maslahatlashib bir qarorga kelamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика