So’nggi yangiliklar

10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  23 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3

Asror Aliqulov: "Andijon" maydonida qisqa paslar bilan o'ynash qiyin" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Andijon" maydonida qisqa paslar bilan o'ynash qiyin"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Andijon" - "SHo'rtan" (2:1) uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Avvalo muxlislarni bugungi bayram va g'alaba tabriklayman. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsam, tayyorgarlik jarayonida raqibning kuchli tomonlarini hisobga olgandik. Buni barcha biladi. Ko'pchilikka sir emasdi. Stadandart vaziyatlarda bo'ydor futbolchilari xavfli. Yakka kurashlarda ularga etarlicha qarshilik ko'rsata olmadik. Birinchi bo'limda o'yinni yaxshi boshladik. Ammo bu ko'pga cho'zilmadi. O'yinni nazoartini raqibga topshirildi. Ayrim futbolchilarim ko'rsatmalarni to'g'ri bajara olmadi. Qaysidir manoda qo'rqoqlik qildik, desam ham bo'ladi. Bosimga chiday olishmadi. Ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ammo yakunda baribir raqib standart vaziyatdan gol urib ketdi",- deydi Asror Aliqulov.

- "Andijon" bugun 2ta golni ham standart vaziyatdan urib ketdi. Bunga qanday izoh bera olasiz?

- Ikkinchi qavatda o'ynay oladigan futbolchilarning barchasini maydonga tushirdik. Tan olish kerak, hammasi ham yuqorida o'ynay olmaydi. Raqibning bu borada ustunligi sezilib turdi. 

- "SHo'rtan" bir necha yildan beri Pro ligada o'ynab kelmoqda. Jamoaning Superligaga chiqish maqsadi yo'qmi?

- Oxirgi ikki yilda transfer taqiqi ostida ishladik. Klub o'tgan yili o'z oldidagi qarzdorliklarni to'lab berdi. Yangi xomiy avvalgi rahbariyatning qarzlarini qopladi. Bu yildan yangi futbolchilarni olishni boshladik.

-  "SHo'rtan" so'nggi 15 daqiqada raqib jarima maydonchasi ichida harakat qildi. Buni birinchi bo'limda amalga oshirishni imkoni bo'lmadimi?

-  Birinchi bo'limda ham harakat qildik. Hujumlarimizni kenglik orqali amalga oshirishga urindik. Futbolchilarimizga tajribasizlik pand beryapti. Boz ustiga bu maydon "Andijon" uslubiga mosdir. Qisqa paslar orqali o'yin ko'rsatish qiyin. 

- "Andijon" siz kutgan o'yinni ko'rsatdimi?

- Qaysidir vaziyatlarda biz imkoniyat berdik. Birinchi bo'limda "Andijon" istaganini qildi. Ko'p holatlarda ikkinchi qavatda to'pni ololmadik. Agar to'pni olib qo'yganimizda hujum qilish imkoni bo'lardi. 

- Hakam o'yinga etarlicha vaqt qo'shdimi?

- Uchrashuv bosh hakami futbolchini yotgan holatini hisobga olmadi. Jiddiy jarohatdek ko'ringani yo'q. Sizningcha hakam buni hisobga oldimi?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика