

- Milliy terma jamoamiz 2016 yili dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini Moldaviyaga qarshi o'tkazishi to'g'risida ma'lumotlar tarqaldi. Shu rostmi?
- Yo'q, bu ma'lumot asossiz qayerdan oldinglar bilmadim. Moldaviya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tish borasida hech qanday ma'lumot berganimiz yo'q. Lekin kelasi yili kuchli raqiblarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini albatta o'tkazamiz va buni dasturimizga kiritganmiz.
- Bu yil terma jamoamiz o'z maydonidagi uchrashuvlarni "Bunyodkor"da emas, "Paxtakor" stadionida o'tkazadi. KXDR terma jamoasi bilan bo'lgan o'yinda "Paxtakor" markaziy stadioniga kira olmay tashqarida qolib ketgan muxlislar ham bo'ldi.
- To'g'ri, joriy yilda JCH-2018 saralashi bosqichidagi ikkita uchrashuvni "Paxtakor" stadionida o'tkazdik. Maydonning holatiga qarab shunday qarorga keldik. Albatta, kelasi yili maydonning holati yaxshi bo'lsa, o'yinlarni "Bunyodkor" stadionida ham o'tkazamiz, - deydi Tolibjonov.
Eslatib o'tamiz, O'FF rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra, Moldaviya va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 2016 yilning 9 fevral sanasida, Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tishi kerak edi.




