Asl "shaharliklar": "Manchester Siti"ning taniqli tarbiyalanuvchilari
02 okt 2022 16:02
Yangiliklar
Asl "shaharliklar": "Manchester Siti"ning taniqli tarbiyalanuvchilari
"Manchester Siti" haqida gapirilayotganda birinchi bo'lib klub kimlar bilan shartnoma imzolayotgani va transfer bozorida qancha sarf qilayotganiga etibor qaratiladi. Ammo, bugun biz "Manchester Siti"dan chiqqan futbolchilar haqida gaplashamiz
SHon Rayt-Fillips
Londonda tug'ilgan va "Arsenal" afsonasi Ian Raytning o'g'li bo'lgan SHonning "to'pchilar"ga umuman aloqasi yo'q. Rayt-Fillips futboldagi yo'lini "Nottingem Forest"da boshlagan va shundan so'ng "Manchester Siti" akademiyasiga o'tgan. Sobiq futbolchi tanaffus bilan 12 yil davomida "shaharliklar" tizimida bo'lgan. U 4 bor "Manchester Siti"ning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'lgan va bu sovrinni bir marta asosiy jamoada olgan. Rayt-Fillips 2005 yilning yozida "CHelsi"ga 31,5 mln evro evazigan o'tdi. SHon "ko'klar" bilan Angliya chempioni, Kubok va mamlakat Superkubogi egasiga aylandi. O'yinchi shundan so'ng "shaharliklar" safiga qaytdi. U faoliyati davomida KPR, "Nyu-York Red Bullz", "Arizona Yunayted" va "Finiks Rayzing" jamoalari to'p tepgan.
Daniel Starrij
Starrij ko'proq "CHelsi" va "Liverpul"dagi ishtiroki orqali yaxshi taniq. Hujumchi ikki jamoa bilan ham CHempionlar Ligasini qo'lga kiritgan, ammo katta futbol yo'li uning uchun "Manchester Siti" akademiyasidan boshlangan. Ammo, Daneilning "shaharliklar"dagi faoliyatini muvaffaqiyatli deb atash qiyin. U "Manchester Siti" tarkibida atigi 32ta o'yin o'tkazgan. "CHelsi" va "Liverpul"dagi faoliyati Starrij uchun muvaffaqiyatliroq bo'lgan, garchi ushbu klublar uni ijaraga yuborgan bo'lsa ham. Futbolchi shundan so'ng Turkiyaning "Trabzonspor" va Avstraliyaning "Pert Goli" jamoalarida bo'ldi. U iyuldan beri erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
Mayka Richards
Richardsni to'liq "Manchester Siti" "qariya"si deb atash mumkin. Sobiq himoyachisi "shaharlikar" tizimida 13 yilini o'tkazgan — 2011 yildan 2014 yilgacha. Angliyalik 2014 yilda "Fiorentina"ga ijaraga yo'l oldi, shundan so'ng erkin agent maqomida "Aston Villa"ga o'tdi. U o'sha erda faoliyatini 2019 yilda yakunladi. Richards so'nggi vaqtlarda kam o'ynagan bo'lsa ham, o'zining jonajon jamoasida yaxshi vaqtlarni o'tkazgan. Sobiq futbolchi "Manchester Siti" bilan Angliya chempioni, mamlakat Kubogi va Liga kubogi sohibiga aylangan. Bu uning barcha sovrinlari, ammo "shaharliklar" tarbiyalanuvchisi uchun ular juda ham muhim.
Kasper SHmeyxel
Peter SHmeyxel sakkiz yil davomida "Manchester Yunayted" darvozasini qo'riqlagan, so'nggi yilni esa "Manchester Siti"da o'tkazgan. Uning MYU bilan munosabatlari uzoqligiga qaramay, uning o'g'li "shaharliklar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ammo, "Siti"da Kasperning eng yaxshi yillari o'tmadi. U juda ko'p ijaraga yurdi va "shaharliklar" tarkibida atigi 10ta o'yinda ishtirok etdi, sababi u raqobatda Jo Xartni enga olmadi. SHmeyxel faoliyatinining eng yaxshi paytlarini "Lester"da o'tkazdi. Daniyalik "tulkilar" bilan birga ikki diviziondan Angliya chempionligigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 35 yoshli darvozabon hozirda "Nicca"da o'ynamoqda.
Kiran Tripper
Tripper 9 yoshligida "Manchester Siti" akademiyasiga kelgan. U ko'p marta ijarada bo'ldi va yoshlar darajasida "shaharliklar"ga Angliya kubogini yutishga yordam berdi, ammo asosiy jamoada biror marta o'ynamadi. Ammo, futbolchining faoliyati muvaffaqiyatsiz kechdi deb aytib bo'lmaydi. "Manchester Siti"dan ketganidan so'ng Tripper "Tottenxem" bilan CHempionlar Ligasi finaliga chiqdi va "Atletiko" tarkibida Ispaniya chempioniga aylandi. 32 yoshli fulbek hozirda "Nyukasl"da o'ynamoqda. Tajribali himoyachi Eddi Xau bilan birgalikda, "Nyukasl"ning so'ng ko'p yillik muvaffaqiyatsizliklardan so'ng, natijalarni yaxshilashga yordam bermoqda.
Jeydon Sancho
Sancho ham Tripper kabi "Manchester Siti" asosiy jamoasida o'yin o'tkazmagan. Ammo, Jeydon klubda kam vaqtni o'tkazgan — atigi 2 yil. Yosh vingerga Dortmundning "Borussiya" klubi etiborini qaratdi va uni "shaharliklar"dan 21 mln evroga sotib boldi. Sancho 4 yildan so'ng Manchesterga qaytdi, ammo "Siti"ga emas. MYU 2021 yilning iyulida futbolchini "arilar"dan 85 mln evroga xarid qildi. Jeydonning "Old Trafford"dagi mavsumi muvaffaqiyatsiz o'tdi. Joriy mavsumda esa ishlar yomon ketmayapti, ammo vinger uchun asosiy o'yinlar hali oldinda.
Fil Foden
Foden "Manchester Siti"ning so'nggi yillardagi eng yorqin tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi "shaharliklar" tizimida 2009 yildan beri to'p tepadi. U asosiy jamoada 17 yoshida debyut qilgan. 22 yoshli xavbek hozirda Angliyaning to'rt karra chempioni, to'rt karra Liga Kubogi, ikki karra Superkubok va Angliya Kubogi g'olibi hisoblanadi. Bundan tashqari, u ikki bor APLning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'lgan. Futbolchidan "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hayratda ekanligini muntazam takrorlaydi. Ispan angliyalikni chegarasiz imkoniyatlar egasi deb hisoblaydi.
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar