Ashurmatov "Qizilqum"da maslahatchi murabbiy bo'lib ishlaydi
14 jan 2016 15:00
Yangiliklar


Ashurmatov "Qizilqum"da maslahatchi murabbiy bo'lib ishlaydi
Bu haqda "Qizilqum" klubi menejeri Hamidjon Aktamov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida malum qildi.
"Baxtiyor Ashurmatov bu yil jamoamizda faoliyat olib boradi. U maslahatchi murabbiy bo'lib ishlaydi. Bu borada Ashurmatov bilan gaplashib olgach maslahatchi murabbiy lavozimiga taklif qildik. Murabbiylar shtabida u bilan hamfikr bo'lgan holda jamoani boshqaramiz. Baxtiyor Azamovich Navoiyga kelib ketdi. Biroz betob bo'lib qolgani bois davolanib keladi. Hozir mashg'ulotlarni Akmal Xoliqov va Yuriy Lukin bilan birga olib borayapmiz", - deydi Hamid Aktamov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar