So’nggi yangiliklar

23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  0 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   6 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  1 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  3 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  21 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  4 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  3 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  10 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  10

Arveladzelar sulolasining davomchisini bilasizmi? Yangiliklar

Arveladzelar sulolasining davomchisini bilasizmi?

Mamlakatimiz chempionatida har doim gruziyalik legionerlar bo'lgan.

Masalan, ayni paytda O'zbekiston Superligasida 4 nafar gruzin to'p tepmoqda: tajribali Kaxi Maxaradze va "Qizilqum"dagi trio (Mate Vatsadze, Elguja Grigalashvili, Giorgi Kuxianidze). So'nggi yillarda yurtimizda ishlagan nomlardan eng kattasi, shubhasiz, SHota Arveladze edi. Uning "Paxtakor"dagi 3,5 yillik faoliyati davomida ukasi Archil ham yonida bo'ldi. 

Egizaklarning futbolchilik faoliyati haqida gap ketsa, beixtiyor "Trabzonspor", "Ayaks" yoki "Kyoln" xayolga keladi. Ammo SHota va Archilning akasi — Revaz ham futbol o'ynagani, Germaniyada to'p tepgani-yu Gruziya futbol federaciyada vice-prezident va bosh kotib sifatida ishlaganini ko'pchilik bilmaydi.

Bugun mazkur sulolaning futbol o'ynab ketgan yagona davomchisi haqida malumot berishga qaror qildik. Uning ismi Vaxtang (yoki qisqacha Vato) Arveladze.

Vato yuqorida nomini tilga olganimiz Revaz Arveladzening kenja farzandi hisoblanadi. U 1998 yilning mart oyida Xomburgda (Germaniya) tug'ilgan. Boisi shundaki, o'shanda Vaxtangning otasi Revaz legioner sifatida ushbu shahar jamoasi sharafini himoya qilayotgan edi.

Vato futboldagi ilk qadamlarini Gruziyada tashladi. Keyin 2014 yilda Turkiyaning "Qosimposho" klubi tarkibiga qo'shilib, yoshlar jamoasida 1 mavsum o'tkazdi. Malumot uchun, SHota Arveladze bu paytda "Qosimposho" bosh murabbiyi sifatida ishlar edi. 

Katta futboldagi debyutini Tbilisiga qaytib "Lokomotiv" tarkibida o'tkazgan Vato 2018-2020 yillarni Polsha chempionatida o'tkazdi. Bu orada Gruziya milliy jamoasi safida maydonga tushishga ham ulgurdi.

U 2020 yilning sentyabrida Turkiya Superligasiga ko'chib o'tdi ("Fotih Karagyumruk" tarkibiga). O'shanda turk matbuoti "Trabzonspor" afsonasi SHota Arveladzening jiyani Turkiyaga qaytganiga urg'u qaratgan edi.

Biroq, Vaxtangning Superligadagi faoliyati hozircha juda omadsiz chiqyapti. Deyarli 1 yil ortda qolgan bo'lsa-da, hamon debyut golini urishga ulgurmadi. Etiborlisi, u markaziy hujumchi hisoblanadi. Vatoning ayni paytda "Fotih Karagyumruk" bilan 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasi bor. Transfermarkt portali uni 250 ming evroga baholamoqda.

Qanchalik yaxshi yoki yomon futbolchi bo'lmasin, Vato Gruziyadan chiqib, Evropada muvaffaqiyatga erishgan Arveladzelar oilasining yashil maydondagi yagona davomchisi hisoblanadi.

Malumot uchun, 2007 yilda bu oila "Arveladze Foundation"ni tashkil qilgan edi. Ushbu fond Gruziyadagi kam taminlangan oilalarda tug'ilgan istedodli bolalarni moddiy jihatdan rag'batlantirib kelmoqda.

“Pul unumli emas, ko'p pul unumli” – SHota Arveladze “Paxtakor”ni nega tark etdi?

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика