So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Levan Arveladze: "Pro liga kuchsiz ko'ringani yo'q, bu ligada ham ko'tarilish, pasayish davri bo'ldi" Yangiliklar

Levan Arveladze: "Pro liga kuchsiz ko'ringani yo'q, bu ligada ham ko'tarilish, pasayish davri bo'ldi"

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Levan Arveladze klub matbuot xizmatiga yakunlangan mavsum haqida qisqacha fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda, yakunlangan mavsum haqida fikr bildirsangiz...

- Yo'l oson o'tmadi. Menda O'zbekiston Superligasi tajribasi bo'lgani uchun aytaman, Pro liga kuchsiz ko'ringani yo'q, bu ligada ham ko'tarilish, pasayish davri bo'ldi. Yakunda biz vazifani bajardik va kubokni ko'tardik.

- Jamoalar soni kam bo'lgani uchun o'yinlar ham kamroq bo'ldi. Uchrashuvlar sonining kamligi sababli o'rtada dam kunlari ko'p bo'lgani futbolchilarga qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Ha, bu ham o'ziga yarasha qiyinchiliklar tug'dirdi. Har bir o'yinga tayyorlanish uchun deyarli bir yig'in tashkil qilinayotgandek edi. Bunda biz katta yuklama olardik va rasmiy o'yinlarni sog'inardik. Bu esa futbolchini ham ruhan, ham jismonan charchatardi.

- Ushbu mavsumda raqiblardan nimalarni kutgandingiz?

- Umuman olganda, oson raqib bo'lmasligi aniq edi. Albatta, bu Superliga emasligini bilardim, lekin g'alabalar osonlikcha qo'lga kiritilmasligini tushunaman.

- Biz "FarDU"ga qarshi o'yindayoq masalani hal qilishimiz va intrigani so'nggi turgacha qoldirmasligimiz mumkin edi. O'sha bahsda nimalar bo'lib ketdi?

- O'zimizga ishonch bilan o'ynayotgandik, bahsni biz nazorat qilib turgandik. Lekin o'shanda ikki jarimadan uzatilgan to'plar barchasini o'zgartirib yubordi. Nimalar bo'lsa bo'ldi, bu futbolning ajralmas qismi. Yakunda biz champion sifatida Superligaga qaytdik.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- O'zbekistondagi uchinchi mavsumim ham sermahsul o'tdi: ikkita sovrin ko'tardim (kuladi). Ko'ramiz, keyingi mavsum qaerda bo'lsam ham bor kuchim bilan o'ynashga, yanada sermahsul bo'lishga, yana bir sovrin ko'tarishga harakat qilaman. Shuningdek, "Lokomotiv" muxlislarini o'tgan mavsum bilan tabriklayman!

Reyting: +3   

Fikrlar

   
24 noy 22:03:09
Бек 75
Андижонга кайт Леван
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика