So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Artyom Filiposyan: “Ikkinchi davrada maydonga qaytsam kerak deb o'ylagandim. Lekin...” Yangiliklar

Artyom Filiposyan: “Ikkinchi davrada maydonga qaytsam kerak deb o'ylagandim. Lekin...”

Tajribali himoyachi Artyom Filiposyan uchun oxirgi vaqtlar ancha murakkab va qiyin kechdi. U jarohat olib o'tgan yili tuzuk-quruq o'ynay olgani yo'q.
Natijada davolanishiga to'g'ri keldi. Bunday pallada esa futbolchiga ruhiy madad juda zarur bo'ladi. Filiposyan esa bunday tuyg'ularni boshidan o'tkazdi. Bu yilgi mavsumni ham yana “Buxoro” jamoasida o'tkazmoqda va oxirgi uchta turda maydonga tushdi. Hattoki, “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Artyom jarohat olgan paytidagi holati haqida gapirdi.

-   To'g'risi aytadigan bo'lsam, jarohatim bu qadar cho'zilib ketadi deb o'ylamagandim. CHunki boshida mening jarohatim oddiy va unchalik xavfli emasdi. Men esa doimgidek davolandim va qishki yig'inlarda faol qatnashib yangi mavsum boshiga qaytaman deb o'ylagandim. Lekin hayotda hamma narsa bo'lar ekan. Oyog'imdagi jarohat aslida oddiy ko'ringan bo'lsa-da, aslida suyagimga og'riqli zarba bo'lgan ekan. Aynan shu narsa mening vaqtida tiklanishim uchun biroz qiyinchiliklar tug'dirdi. Ammo mening safga qaytishim uchun 8 oy vaqt ketdi. Bu esa juda ko'p deganidir. Hech bir futbolchiga bu kabi jarohatlarni ravo ko'rmayman. Aslida esa men kabi jarohat olgan o'yinchilar nari borsa ikki oyda oyoqqa turib yana o'ynashni boshlashgan. Men jarohat paytimda nima qildim? Albatta, davolandim, shug'ullandim. Oilam davrasida bo'lib ularning daldasini his qildim. Trenajyor zaliga va basseynga bordim. Xudoga shukrki, endi hammasi yaxshi va o'ynashni boshladim. Ko'rgan bo'lsangiz, birinchi davraning oxirgi turlariga borib yana maydonga qaytdim. Har qanday vaziyatda ham inson peshonasiga yozilganini ko'rar ekan, taqdirdan qochib qutula olmaymiz.



Ko'rib turganingizdek, u shu bosqichni bosib o'tdi. Qiyin damlar ortda qolganiga ishonmoqda. Darhaqiqat, jarohatlar futbolchini qiynab yuborgandi. U “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “So'g'diyona”ga qarshi o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushib to'liq o'ynadi. Ushbu uchrashuvlardan keyin Artyomning holati qanday bo'ldi? Jarohatlar asorati bilindimi yoki yo'qmi? Buni o'zidan eshitamiz.  

-   Sizga rostini aytaman: Birinchi davraning oxirgi uchta o'yinida maydonga tushdim. “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvdan keyin “Bunyodkor” bilan o'ynadik va o'sha bahsda yana oyog'imda biroz og'riq paydo bo'ldi. Yana shifokorlarga tekshirdim. Men buning oldini olish uchun Moskvadagi shifokorlarga ham jarohat olgan joyimni yubordim va ulardan javob kutyapman. Lekin o'zimizda tekshiruvdan o'tganimda barchasi yaxshi chiqdi.

Yana bir gap: o'tgan yilgi chempionat tugaganidan so'ng Filiposyan “Buxoro”dan ketmoqchi ekanligi haqida malum qilgandi. CHunki jarohat olgan paytida klubdan hech kim uning xolidan xabar olmagani yomon tasir ko'rsatgani haqida gapirgandi. SHudan keyin unga boshqa takliflar ham tushdi va ko'pchilik jamoasini o'zgartirishiga ishongandi. Lekin taqdir ekan, u yana mavsumni “Buxoro” jamoasida boshladi. Bu qanday yuz bergani xususida shunday dedi:

-   Haqiqat shuki, mavsum boshida qaysi jamoaga o'tishimni bilmagandim. Nega deganda, qishda jarohatimni davolatishim uchun operaciya stoliga yotishga majbur bo'lgandim. Siz qanday futbolchi bo'lishingizdan qatiy nazar har bir jamoa sof futbolchini olishni xohlaydi. Men bu narsalarni juda yaxshi tushunaman. SHu sababli o'z xayollarimda operaciyadan keyin birinchi davrada dam olib, ikkinchi davradan maydonga qaytaman deb o'ylagandim. Lekin bir kuni menga Ulug'bek Baqoev bilan Baxtiyor Ashurmatov qo'ng'iroq qilishdi. Sen bizga keraksan, tiklanishing uchun vaqt beramiz, qo'limizdan keladigan barcha yordamlarni qilamiz deb aytishdi. SHuning uchun biz bilan shartnoma tuzgin, hammasi yaxshi bo'lsa maydonga tushib bizga yordam berasan deya menga katta ishonch bildirishdi. SHu tariqa ular meni klubda qoldirishga erishdilar. O'z navbatida men ham bu taklifga yaxshi munosabatda bo'ldim va “Buxoro” bilan yana bir yilga shartnoma tuzishga qaror qildim. SHuningdek, buxorolik muxlislarning menga katta ishonch bildirishgani ham u erda qolishimda katta rol o'ynadi. Ular doim meni qo'llab-quvvatlab, dalda berib turishdi. Qisqasi, barcha men bilan birga bo'ldi. Yaxshi va yomon kunlarda meni unutishmagani uchun ularga katta rahmat aytmoqchiman. SHuning uchun ham “Buxoro”da qolishga qaror qildim. Birinchi davra tugashiga uchta tur qolganida maydonga qaytib shu o'yinlarda qo'limdan kelganicha jamoamga yordam berganimdan xursand bo'ldim. To'g'ri, bitta gol ham urdim. Ammo bu muhimi emas. Eng asosiysi, jamoamning g'alabasidir.



“Buxoro” klubi birinchi davradan keyin turnir jadvalida 6-o'rinni band etib turibdi. Albatta, jamoa uchun muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz o'yinlar ham bo'ldi. SHu bois kimnidir ko'ngli to'ldi, kimnidir to'ldi to'lmadi deyish mumkin. Ammo umumiy manoda olib qaraganda, birinchi davra uchun 6-pog'ona yomon natija hisoblanmasa kerak. SHu fikrni Filiposyan ham aytib o'tdi.  

-   O'ylashimcha, “Buxoro” jamoasining birinchi davradagi ishtirokini yaxshi deb baholayman. Nimaga deganda, yangi mavsum uchun jamoa tarkibi 80-85 foizga yangilanib ketgandi. SHu bois tarkibga yangi o'yinchilar kelishgandi. Tabiiyki, bunday paytda bir-birimizni tushunib olishimiz uchun vaqt kerak edi. SHunga qaramasdan biz birinchi davrani 6-o'rinda tugata oldik. Bu yangi shakllanayotgan jamoa uchun yomon natija hisoblanmaydi. Ikkinchi davrada ham murabbiylar shtabi yangi o'yinchilar bilan jamoa safini yanada to'ldirishmoqchi. Biz ikkinchi davrada yanada yaxshiroq o'yinlar ko'rsatib, bundan-da yuqori o'ringa ko'tarilmoqchimiz. Jamoada o'zgarish bo'lsa raqobat yanada o'sadi, - dedi futbolchi.

FIRDAVSXON  
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика