Artyom Dzyubadan qoyilmaqom ko'rsatkich
08 sen 2018 08:28
Yangiliklar
Artyom Dzyubadan qoyilmaqom ko'rsatkich
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba kecha Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi bahsda gol urishga erishdi.
Dzyuba rossiyaliklarning 49-daqiqa hisobda oldinga chiqib olishini taminladi. SHu tariqa Artyom yangi mavsumning 9 ta uchrashuvida 8-golini urdi. Bu “Zenit”dagi o'yinlari bilan hisoblaganda, albatta. Qayd etish joiz, Dzyuba Millatlar ligasida Rossiya terma jamoasining doimiy sardori bo'ladi.
Fikrlar