So’nggi yangiliklar

07:33"Тоттенхэм" ва "Ювентус" Эндрикни ўз сафида кўрмоқчи  0 03:00ЕЧЛ. "Атлетико" охирги дақиқада гол уриб, ПСЖдан ғалабани юлиб олди. "Арсенал" "Интер"га ютқазди  11 02:55ЕЧЛ. "Барселона" "Црвена Звезда" дарвозасига бешта гол урди, "Бавария" "Бенфика"ни мағлуб қилди ва бошқа натижалар  25 01:00ОЧЛ 2. "Насаф" Голбаннинг хатолари сабаб мағлуб бўлди  3 00:53Рўзиқул Бердиев: "Мағлубиятимизга бир неча сабаблар бор. Плей-оффга чиқиш имкониятларимиз кескин камайиб кетди"  8 23:49"Ал Ҳилол" Неймар энг камида бир ойга сафдан чиққанини тасдиқлади  0 23:23ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" "Қувайт СК"ни мағлубиятга учрата олмади. Бу "Насаф"нинг имкониятларини бироз оширди (гуруҳдаги вазият)  12 22:55Россия кубоги. "Рубин" ва ЦСКА чорак финалнинг илк баҳсида дуранг қайд этди. Файзуллаев 71, Раҳмоналиев 85 дақиқа ҳаракат қилди  5 22:30Абдуқодир Ҳусанов Франция чемпионатида ойнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  9 21:53"Ал Ҳилол" Неймардан қутулиш ҳақида ўйламоқда  8 21:36Қатар термаси Ўзбекистонга қарши ЖЧ саралашидан ўрин олган ўйин учун қайдномасини эълон қилди  13 21:00ОЧЛ 2. "Насаф" ўз майдонида Иордания клубига мағлуб бўлди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини камайтириб юборди  263 20:10Англия премьер-лигасида энг кўп маошни қайси футболчилар олади? Салоҳ 4-ўринда  9 19:45Расман: Григорий Колосовский - "Локомотив" бош мураббийи  22 19:25Алексей Евстафеев: "Ҳозирги ҳолатимизда бир очко биз учун кам"  1

Artur Yunusov: Terma jamoa o'z holiga tashlab qo'yilgan Yangiliklar

Artur Yunusov: Terma jamoa o'z holiga tashlab qo'yilgan

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati bahslari ham xuddi Superligada bo'lgani kabi o'zgarishlar bilan o'tkazilmoqda.

Jamoalar futzalimiz tarixida ilk bor uy-safar tizimida maydonga tushishyapti. Ikki kun ichida ikkita uchrashuv o'tkazilyapti. Albatta, bu o'zgarishlar ham futzalimizni yangi bosqichga olib chiqishiga umid qilamiz.

Hozircha ortda qolgan 9-turdan so'ng turnir jadvalida amaldagi chempion AGMK peshqadamlik qilyapti. Kuchli uchlikdan «Paxtakor» va «Metallurg» jamoalari joy olishgan.

Toshkentning yana bir klubi «Lokomotiv»ning esa uncha omadi yurishmayapti. Biz  yaqinda «temiryo'lchilar» sardori Artur Yunusovdan navbatdagi tur uchrashuvidan so'ng intervyu oldik.

- Artur, mana futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 9ta tur o'yinlari ortda qoldi. SHu uchrashuvlardan kelib chiqib, bu yilgi musobaqaga qanday baho berasiz?

- CHempionatimizning yangi formati hozircha o'zini oqlayapti, deyish mumkin. To'g'ri, o'ziga yarasha kamchiliklar ham yo'q emas. Birinchi galda hamma sport zallari ham talabga javob bermaydi. Ayrim sport zallarining parket qoplamasi ayanchli holatda. U erda to'p tepishning sira ham iloji yo'q.

Jarohat olish foizi juda yuqori. Zal devorlari maydonga juda ham yaqin. Ayrimlarida bir metr ham chiqmaydi. Jumladan, Qo'qondagi zal stadionida shunday manzara ko'zga tashlanadi. Jamoadoshlarimdan biri devorga borib urilishi natijasida jiddiy jarohat oldi. Tezlikda ketayotganida uni raqib o'yinchisi itarib yuborishi oqibatida devorga borib urildi.

Natijada sherigimizni «tez yordam» mashinasida kasalxonaga olib ketishga to'g'ri keldi. Boshqa tomondan, peshqadamlarning ochko yo'qotayotgani, kutilmagan natijalarning qayd etilayotganini ijobiy taassurotlarga qo'shsa bo'ladi.

- CHempionatning uy-safar tizimida o'tkazilayotgani haqida nima deysiz?

- SHaxsan menga bu yangilik maqul kelyapti. Oldin Toshkentda yoki boshqa bir shaharda yig'ilib, 4 kun ichida bitta tur o'yinlarida maydonga tushardik. O'yinlar hatto ertalabki soat 10da ham o'tkazilardi.

- «Lokomotiv»ning hozircha ishlari yurishmayapti. Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Kamida kuchli uchlikka kirishimiz kerak. Bizda yoshlardan iborat jamoa shakllanyapti. Ularning natija ko'rsatishlari uchun ozgina vaqt kerak. Bu yoshlar bilan hali ishlash kerak.

Ochiq aytish kerak, hali chempionlik uchun kurashadigan tarkib va salohiyatga ega emasmiz. Quvonchlisi, bolalarda ishtiyoq kuchli, ular mashg'ulotlarda astoydil ishlashyapti.

- Nima deb o'ylaysiz, bu yil ham AGMK osonlik bilan chempion bo'ladimi yoki asosiy kurash hali oldindami?

- Olmaliqliklar oson chempion bo'lishadimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi. CHunki, hali asosiy o'yinlar oldinda. Lekin AGMK tarkibi optimal va chempionlikni hal qiladigan darajada. Tarkibida terma jamoa azolari ko'pchilikni tashkil qiladi.

- Adashmasam, «Lokomotiv» bilan tuzgan shartnomangizda xorij klublaridan taklif bo'lsa, «temiryo'lchilar» sizni hech qanday muammosiz qo'yib yuborishlari haqida band bor edi. To'g'rimi?

- Xuddi shunday. Hattoki, Xitoy jamoasidan taklif ham bo'lgandi. Bu klub o'tgan yili Xitoy chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Lekin malum bir sabablarga ko'ra, CHin yurtiga keta olmadim. Biz deyarli barchasini kelishib olgandik. Lekin «Lokomotiv»da o'zimni baxtiyor his qilyapman. Bu erda meni barchasi qoniqtiradi.

- Balki Xitoy jamoasi tomonidan taklif etilgan maosh sizni qoniqtirmagandir?

- Yo'q. SHartnomaning moliyaviy tomoni meni to'liq qanoatlantirgandi. SHunchaki, oilaviy sabab tufayli Xitoy klubi bilan shartnoma imzolay olmadim. Aniqrog'i, yaqinda ota bo'lgandim. Oilamizda qiz farzand dunyoga kelgandi.

Oldimda ikkita yo'l turgandi. Xitoyga ketishim uchun oilam ham men bilan birga bo'lishi kerak edi. Ularni bu erda yolg'iz tashlab keta olmasdim. Qolaversa, qisqa fursatda hujjatlarni ham to'plashning imkoni yo'q edi. Keyin Xitoyda chempionat yakuniga yaqinlashib ham qolgandi.

Mana shu sabablar jam bo'lib, «Lokomotiv»dan ketishimga to'sqinlik qildi. Lekin jamoa bilan o'zaro og'zaki kelishuvimiz bor. Keyingi mavsumda men Xitoy klubi bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga egaman. Nasib qilsa, kelasi mavsum yana legioner sifatida to'p suraman.

- Osiyo chempionatidan so'ng terma jamoamizda sokinlik hukmronlik qilyapti. Zerikmadinglarmi?

- (kuladi) Bu borada hech narsa deya olmayman. Hozir na terma jamoa, na o'quv-mashg'ulot yig'inlari bor. Bu noto'g'ri. Vaziyatni hech qanaqasiga oqlab bo'lmaydi.

Hech bo'lmasa, bir oyda bir marta terma jamoaga nomzod futzalchilarning sport formasida ushlab turish uchun yig'inlar tashkil etish kerak. Bu zarar qilmaydi. Qolaversa, yosh futzalchilar ham terma jamoadan chaqiruv olish uchun o'z klublarida yaxshiroq o'yin ko'rsatishga intilishadi.

Ochig'ini aytsam, hozir futzal kerak bo'lmay qoldi. Xuddi shunday taassurot uyg'otyapti. Bu etiborsizlik natijasida shuncha yil orttirilgan tajriba, xalqaro maydondagi obro' tushib ketadi. O'zbekistondan raqiblar qo'rqishardi. Lekin so'nggi paytlarda bizdan deyarli hech kim hayiqmay qo'ydi.

- Terma jamoaning yaqin orada birorta musobaqada ishtirok etishi yoki yig'in o'tkazilishi kutilmayaptimi?

- Bilmadim. Bu borada hech kim hech narsa demadi.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi, "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика