Artur mavsum oxirigacha "Liverpul"da qoladi
29 okt 2022 19:10
Yangiliklar
Artur mavsum oxirigacha "Liverpul"da qoladi
Turinning "Yuventus" klubidan ijaraga olingan 26 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Artur Melo joriy mavsum so'ngiga qadar Mersisayd klubi safida bo'ladi.
Bu haqda "The Mirror" tabloidi xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi sonidan olgan jarohatiga qaramay, muddatidan avval "keksa sinora"ga qaytarilmaydi.
Artur ushbu mavsum "Liverpul" libosida 3 ta o'yinda ishtirok etdi. Uning Angliya top-klubi bilan shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Yurgen Klopp shogirdlari navbatdagi o'yinni 29 oktyabr kuni "Lids"ga qarshi o'tkazishadi.
Fikrlar