So’nggi yangiliklar

00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  1 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  15 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  1 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1

“Artistlar!” yoxud "Andijon" - "Dinamo" o'yiniga muxlislar tomonidan berilgan baho VIDEO Yangiliklar

“Artistlar!” yoxud "Andijon" - "Dinamo" o'yiniga muxlislar tomonidan berilgan baho VIDEO

O'tgan haftaning chorshanba va payshanba kunlari milliy chempionatimizning 29-tur uchrashuvlari o'tkazildi va yana bitta turdan keyin oliy liga bahslari ham nihoyasiga etadi.

Bu safar barcha masala so'nggi turga qoldi. Yani, kim chempion bo'lishiyu, kimning oliy ligani tark etishi aynan 30-turda oydinlashadi. Bir tomondan qaraganda, barcha masala oxirgi turga kelibgina hal qilinishi bu ishqibozlar uchun qiziqarli ko'rinishi mumkin. Ammo ikkinchi tomondan qaraganda, kimning nechanchi o'rinni egallashi yoki kim chempion bo'lishiyu, kimning ligani tark etib, pley-offda qaysi jamoaning qatnashishini ko'pchilik tushunib etdi.

Masalan, “Paxtakor” klubining joriy mavsumda ham mamlakat chempioni bo'lishiga hech kim shubhalanmayapti. Ayniqsa, oxirgi o'rinlarda borayotgan jamoalarning o'zaro o'yinlari barchaning diqqat markazida turibdi. 29-turdan keyin “Andijon” jamoasi rasman oliy ligada qoldi. CHunki o'z maydonida “Dinamo” bilan durang o'ynagach, hammasini uzil-kesil hal qildi. Ungacha esa baribir muxlislarda havotir yo'q emasdi. Ana endi, oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurashda “Buxoro”, “Dinamo” hamda “So'g'diyona” qoldi. Ayniqsa, oxirgi turda “So'g'diyona” – “Buxoro” jamoalari o'rtasidagi kechadigan bellashuvda barcha masalaga oydinlik kiritiladi. “Dinamo” esa o'z uyida “Olmaliq”ni qabul qiladi. Ammo hozirda hech kim samarqandliklarning ushbu uchrashuvda g'alaba qozonishiga shubhalanmayapti. “Dinamo” kamida durangga erishadi. Qiziq, nima uchun hozirdan bunday aniq va jiddiy ohangda gapiryapmiz? CHunki oxirgi turlarda ro'y berayotgan natijalar shunday fikr yuritishimizga majbur qilyapti-da! 


Ko'cha-kuyda muxlis yoki mutaxassislar bilan gaplashsak, hammasi bitta gapni aytishyapti: Yani, oxirgi turdagi o'yinlarning aksariyati oldi-sotdi, kelishilgan deya fikr bildirishyapti. Bu albatta ko'chadagi gap-so'zlar! Bir qarashda qayd etilayotgan natijalar ularning gapida jon bordek taassurot uyg'otyapti. Masalan, “Buxoro”ni olaylik, nima sababdan shu paytgacha aksariyat uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchrab, qimmatli ochkolarni boy bergan bu jamoa oxirgi turlarga kelib ketma-ket g'alabalarga erishyapti? Bekobodda “Metallurg” ustidan uch ochkoni qo'lga kiritishini, ochig'i sezgandik va amalda o'z isbotini topdi. So'ngra o'z maydonida “Neftchi”ni ham yutishini bilardik va shunday bo'ldi. Qiziq, nimaga aynan biz o'ylagan va taxmin qilgan natijalar qayd etilyapti? Agarda “Buxoro” shunchalik g'alaba qozonishni bilar ekan, u holda nega ertaroq buning harakatini qilmadi? “Metallurg” ham, “Neftchi” ham egallaydigan o'rinlarini deyarli naqd qilib qo'yishgandi. “Buxoro”ga esa g'alabadan boshqasi kerak emasdi, natija esa...

“So'g'dina” haqida ham shunday fikrni bildirishimiz mumkin. Davron Fayziev jamoasi ham oxirgi ikkita turda g'alaba qozondi. Avvaliga “Olmaliq”ni 1:0 hisobida enggan bo'lsa, safarda “Qo'qon-1912”ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Jizzaxliklar ham bungacha atayin ushbu o'yinlarni poylab turgandek, bungacha o'tkazilgan avvalgi uchrashuvlarda raqiblariga kuchi etmasdan yutqazgandi. Qo'qonliklar o'z uyidagi oxirgi uchrashuvda imkoniyatni boy berishgach, mezbonlar ustozi Rustam Abdullaev istefoga chiqarib yuborildi. Oldingi mag'lubiyatlarda ishdan bo'shatilmagan murabbiy nega aynan “So'g'diyona”ga yutqazgach, “haydaldi?” SHuningdek, Davron Fayziev ham ko'pincha o'zini bechora holdek ko'rsatadi.

Ochig'i, shaxsan o'zim bu turda “So'g'diyona”ning ham, “Buxoro”ning g'alabasini kutgandim. CHunki g'alaba ularga ko'proq kerak edi, ammo qanday yo'l bilan uch ochkoga erishilganligi ularning o'z vijdoniga havola. SHuningdek, “Andijon” – “Dinamo” bellashuvida g'olib nomi aniqlanmasligini ham oldindan sezgandim. Lekin uchrashuvdan avval “Andijon” azolari bilan gaplashganimda “bugun albatta yutishimiz kerak, bu mavsumdagi oxirgi o'yinimiz, muxlislarimizni xursand qilmasak bo'lmaydi” deb aytgan gaplarini eshitgach, ko'nglimda bugun “jonli” o'yin ko'ramiz ekan-da, degan ishonch paydo bo'lgandi. O'yinning borishi shunday tashkil etilgandiki, unda hech bir jamoa g'alaba qozonish uchun astoydil kurashmayotgandek edi! 10-daqiqa o'tib borayotganida “Dinamo” hujumchisi Kamoliddin Murzoev bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmadi. Bungacha o'ta qiyin vaziyatlarda ham gol urib kelgan va o'z hisobiga 7 gol yozib qo'ygan futbolchi qanday qilib bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmasligi mumkin? Ushbu o'yin “Dinamo” uchun katta ahamiyatga ega edi. Negaki, ular mag'lubiyatga uchraydigan bo'lishsa, ligada qolish imkoniyatini pasaytirib yuborgan bo'lardi. “Andijon” uchun esa hatto durang ham etarli bo'lardi. Yakunda esa 1:1 hisobi qayd etildi. Mezbonlar tarkibida yosh futbolchi Farhod Bekmurodov oliy ligadagi dastlabki golini urdi. Mezbonlar safida hech kim “Dinamo” darvozasini ishg'ol qila olmayotgan bir paytda u kutilmaganda jarima maydoni ichiga kirib borib, osonlik bilan Muhiddin Xudoyorov darvozasini ishg'ol qildi. Mehmonlar esa oradan ikki daqiqa o'tgach, Farruh SHotursunovning goli bilan javob qaytarishdi. Ushbu goldan keyin “Andijon” posboni Gennadiy Moshnyaga jamoadoshlariga keskin ravishda etirozini bildirdi va o'zini almashtirishini so'radi. Uchrashuv tugaganidan keyin esa u hammadan birinchi bo'lib, echinish xonasiga kirib ketdi. Uni ilgari bunday holatda sira ham ko'rmagandik. Aynan hisob tenglashganidan keyin andijonlik muxlislar o'zlarini qo'yarga joy topa olmay qoldilar. Avvaliga “Dinamo”ni olib qoldik” deya bir necha bor baralla baqirishdi. 


So'ngra, “Spektakl”, “Spektakl”, “Artistlar”, “Artistlar” deb ham o'z noroziliklarini bildirishdi. Oldin ham aytgandim: suniy o'yin bilan jonli o'yinning farqi bor. Soxta o'yin bilan esa muxlislarni aldab bo'lmaydi. Men bu gapim bilan mazkur uchrashuv kelishilgan edi demoqchi emasman. SHunchaki, shu kuni stadionda ko'rgan-kechirganlarimni yozyapman. Stadionga yig'ilgan ishqibozlar esa hammasini ko'rib turishdi va yuqoridagi so'zlar bilan futbolchilarga qarata olqishlashdi. Oldin bunaqasini ko'rmagandim. Yana qaytaraman: men bu gaplarni ichimda to'qib yozayotganim yo'q. Stadionda aynan shunday muhitni ko'rdim va buni o'sha kuni o'yinga borganlar ham tasdiqlashadi. Demoqchimanki, klub haqida qandaydir tahliliy maqola yozilsa, darhol ertasiga telefon qo'ng'iroqlari bo'lib turardi. Go'yoki, biz quruq, safsata gaplarni yozayotgandek. Ammo stadionda nimalar bo'layotganini xalq ko'rib turibdi-ku! SHu o'rinda mazkur holat yuzasidan fikrlarimiz oddiy bo'lib qolmasligi uchun “Andijon” – “Dinamo” uchrashuvini bevosita stadionda kuzatgan oqsoqol muxlisga murojaat qilib, uning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqib ko'rdik.

“O'yin yomon maydonda o'tdi, deya so'zini boshladi Xusanov Abdufattoh hoji ota. – CHunki bizning maydonimiz uchrashuvga tayyor emas ekan. O'yinchilarimiz oliy ligada qolishganiga ishonch hosil qilib unchalik jon kuydirishmasdan o'ynashdi. Go'yoki, ularga g'alaba kerak emasdek tuyuldi. “Dinamo” ham yaxshi o'ynamadi. Ikkala jamoani ham bittadan ochko qoniqtiradigan darajada o'yin ko'rsatishdi. Ammo bizga g'alaba nihoyatda zarur edi. Hotirjamlikka berilmasdan, oxirgi uchrashuvda albatta yutib, ochkolarimizni 30 ta etkazib olishimiz kerak edi. Bu ushbu mavsumdagi o'z uyimizdagi oxirgi o'yin bo'lgani uchun ham muxlislarimiz g'alabani xohlashgandi. SHu bois hech bir andijonlik muxlis bir ochkodan rozi bo'lmadi. Hammasida norozilik kayfiyati sezilib turdi. Nimagadir futbolchilarimizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq sezilmadi. “Neftchi” yoki “Lokomotiv”ga qarshi o'yinlardagi shijoat qaerga yo'qoldi? Afsuski, futbolchilar biz muxlislarni unutib qo'yishdi. Maydonda o'ynaganlar bizga nisbatan hurmatsizlik qilishdi. Nimagadir butun uchrashuv davomida urilmagan gollar oxirgi daqiqalarga kelib urildi. Ochig'i, biz bunday holatni kutmagandik. “Andijon” gol urgach, ikki daqiqadan so'ng “Dinamo”ning javob qaytargani qandaydir shubhali bo'ldi. G'alabaga bo'lgan mardonavor o'yinni ko'ra olmadik”.

Umuman olganda, joriy chempionat oxiriga borib yana salbiy fikrlar bildirishimizga majbur qilyapti. O'tkazilayotgan o'yinlardagi shijoat, ishtiyoqning yo'qligi muxlisning xavfsalasini pir qilmoqda. Ko'pincha, o'yinlarimizni shiddatli yoki hujumkor ruhda o'tyapti deb aytamiz. Lekin bu bilan kimni aldayapmiz? Faqat o'zimizni aldayapmiz xolos. Sanatkorlarimiz koncert berishdan avval televizor yoki radio orqali reklama berishadi va unda fonogrammadan foydalaniladi deb atayin ogohlantirib qo'yishadi. Yoki fonogrammadan foydalanmasa, u holda jonli ijro etiladi deb alohida aytib o'tishadi. Bugungi futbolimizda esa fonogramma ko'payib ketmayaptimikin? Nima ham derdik, hammaga INSOF bersin, xulosa esa o'zingizdan!

FIRDAVSXON


Quyida ushbu o'yinda urilgan gollar va juda ham antiqa vaziyatlarni tomosha qiling.

TAS-IX


TAS-IX emas

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика