Artetaning ikkinchi marta koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlandi

Оқил Абдубарноев
29 dek 2021, 21:53
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Artetada ikkinchi marta koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Londonliklar 1 yanvar, shanba kuni "Manchester Siti"ni qabul qiladi. "Kanonirlar" ushbu bahsda ikkinchi marta koronavirusga chalingan bosh murabbiy Mikel Artetasiz maydonga chiqadi.

Shu tariqa, ispaniyalik mutaxassis noma'lum muddatga jamoadan ajratiladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, Arteta 2020 yilning martida koronavirusga chalingan Angliya chempionatining dastlabki vakili edi.

Yaqinda londonliklarning o'yinlaridan biri ham COVID-19 tufayli qoldirilgandi, ammo kasallik raqib jamoa hisoblangan "Vulverxempton"da sodir bo'lgandi. Darvoqe, so'nggi uch kun ichida chempionat doirasidagi jami beshta o'yin bekor qilindi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: arsenal.com