Arteta: “Hammasi “Man Siti”ga qarshi o'ynashimizni bilgunimcha yaxshi edi”
02 okt 2020 08:23
Yangiliklar


Arteta: “Hammasi “Man Siti”ga qarshi o'ynashimizni bilgunimcha yaxshi edi”
“Arsenal” ustozi Angliya Liga Kubogi qurasi haqida gapirdi.
1/4 finalda “Man Siti”ga qarshi duch kelgani haqida
“Hammasi “Man Siti”ga qarshi o'ynashimizni bilgunimcha yaxshi edi. Ushbu musobaqada kuchli raqiblar etarlicha. Bu ham bir katta sinov bo'ladi va bunga tayyor bo'lamiz. Qura bizga unchalik ham omadli kelmayapti. Ammo biz tayyorgarlik ko'ramiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz”.
Penaltilar ceriyasi haqida
“Albatta, penaltilar ceriyasiga tayyorgarlik ko'ramiz. Ammo hammasi futbolchilarning xotirjamligi va to'g'ri qaror qabul qila olishiga bog'liq. Kiyim almashtirish xonasida Meytlend-Naylzga uning penalti tepishdan oldingi o'zini tutishi meni yurak xurujiga olib kelishi mumkinligini aytdim”, — deydi Arteta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar