Arshavin Rossiya terma jamoasining O'zbekiston va Tojikistonga qarshi kechadigan bo'lajak o'yinlari haqida gapirdi
11 noy 2022 19:23
Yangiliklar
Arshavin Rossiya terma jamoasining O'zbekiston va Tojikistonga qarshi kechadigan bo'lajak o'yinlari haqida gapirdi
"Arsenal" sobiq hujumchisi Andrey Arshavin "SE" nashriga bergan intervyusida Rossiya terma jamoasining Tojikiston va O'zbekistonga qarshi o'yinlari haqida to'xtalib o'tdi.
- Terma jamoa tez orada Tojikiston va O'zbekiston bilan o'ynaydi. Ushbu o'yinlardan nimani kutmoqdasiz? Siz shaxsan qaysi futbolchini o'yinini kuzatib borasiz?
- Bu o'yinlardan hech narsa kutmayapman. Men shaxsan hech kimni o'yinini kuzatmayman. Hatto bu o'yinlarni ko'rishim ham aniq emas.
Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi: 17 noyabrda Tojikistonga qarshi, 20 noyabr sanasida esa O'zbekiston termasiga qarshi.
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilardan iborat ro'yxatni taqdim etdi.
O’xshash yangiliklar
22:55
O'zbekiston U-16 terma jamoasi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ham Saudiya Arabistonidan ustun keldi 3
Fikrlar