“Arsenal”ning yosh futbolchilari qoyilmaqom natija qayd etmoqda
03 mar 2020 08:16
Yangiliklar
“Arsenal”ning yosh futbolchilari qoyilmaqom natija qayd etmoqda
“Arsenal” Angliya Kubogi 1/8 finalida “Portsmut”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
London klubining ushbu bahsdagi gollariga Sokratis Papastatopulos hamda Edvard Nketia mualliflik qildi. Sokratisning goliga Ris Nelson golli uzatma berdi. Angliya Kubogining joriy mavsumida “Arsenal”ning 21 yoshdan kichik futbolchilari jamoasining barcha urgan 5 ta golida ham ishtirok etdi. Jumladan, “Lids” (1:0)ga qarshi bahsda jamoaga g'alaba keltirgan golni 20 yoshli Ris Nelson urdi. “Bornmut”ga qarshi o'yinda esa 20 yoshli Nketia hamda 18 yoshli Bukayo Sakolar to'p kiritdi.
Fikrlar