“Arsenal” so'nggi 24 yil ichida Evrokuboklar yarim finalida qatorasiga ikki marta o'ynaydi
19 apr 2019 08:56
Yangiliklar


“Arsenal” so'nggi 24 yil ichida Evrokuboklar yarim finalida qatorasiga ikki marta o'ynaydi
“Arsenal” ikki o'yin natijasiga ko'ra Evropa Ligasi 1/4 finalida “Napoli”ni 3:0 hisobida taslim qilib, yarim finalga chiqdi.
“To'pchilar” shu tariqa qatorasiga ikkinchi yil yana Evropa Ligasi yarim finaliga chiqdi. O'tgan yili klub yarim finalda “Atletiko Madrid”ga (1:1, 0:1) mag'lub bo'lib, finalga chiqa olmagandi. “Arsenal” so'nggi 24 yil ichida Evrokuboklar yarim finaliga qatorasiga 2-marta chiqdi. Jamoa so'nggi bor 1993/94 hamda 1994/95 yilgi mavsumlarda Kubok Egalari Kubogida finalga qadar etib borgandi. O'shanda jamoa “Parma”ni 1:0 hisobida yutgan va “Saragosa”ga 1:2 hisobida yutqazgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar