"Arsenal" Salibani "Renn"ga sotmoqchi emas
01 iyu 2021 18:24
Yangiliklar
"Arsenal" Salibani "Renn"ga sotmoqchi emas
"Arsenal" himoyachisi Uilyam Salibani sotish niyatida emas.
Ouest-France nashri xabariga ko'ra, "Renn" 20 yoshli francuzni sotib olish maqsadida jo'natgan taklifiga rad javobini olgan.
Francuz klubi sport direktori Florian Moris "Arsenal" bilan bog'langan, ammo "kanonirlar" o'yinchini faqatgina ijaraga berishga tayyor, biroq "Renn" bunga rozi bo'lmagan.
Saliba "Arsenal"ga 2019 yilda 30 million evro evaziga o'tgandi. O'shanda jamoa o'yinchini "Sent-Eten"ga ijaraga berib yuborgan. 2020 yil Uilyam Londonga qaytdi, ammo Mikel Arteta uni Evropa Ligasi uchun qaydnomaga kiritmadi. Yanvar oyida himoyachi "Nicca"ga ijaraga berildi.
Fikrlar