"Arsenal" O'zil bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Mesut bo'sh kelmayapti
09 okt 2020 23:51
Yangiliklar


"Arsenal" O'zil bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Mesut bo'sh kelmayapti
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati Mesut O'zil bilan hamkorlikni to'xtatmoqchi.
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi bilan shartnomani bekor qilish borasida muzokara o'tkazilmoqda. Hozircha tomonlar kelisha olishmadi.
O'zil haftasiga 350 ming funt maosh oladi. U amaldagi shartnoma bo'yicha 2021 yilning yoziga qadar olishi kerak bo'lgan mablag' – 13 million funt to'lanishini istayapti.
Mesut mart oyining boshidan buyon maydonga tushmadi. Klub uni Evropa Ligasining guruh bosqichi uchun yakuniy qaydnomaga ham kiritmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar