“Arsenal” o'z hujumchisi bilan kelisha olmayapti
25 fev 2020 01:45
Yangiliklar


“Arsenal” o'z hujumchisi bilan kelisha olmayapti
Londonning “Arsenal” klubi gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida til topisha olmadi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira o'zining Tvitterdagi sahifasida.
“Arsenal” va Obameyang o'rtasidagi shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Hujumchi yozda jamoani tark etishi mumkin. “Inter” futbolchi bilan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Agar Lautaro Martines milanliklar safini tark etib, “Barselona”ga o'tadigan bo'lsa, Konte jamoasi afrikalik hujumchini o'z safiga taklif etishi mumkin”, deya o'z Tvitter sahifasida qayd etib o'tdi Skira.
30 yoshli Obameyang joriy mavsumda Premer ligasda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar