"Arsenal" "Norvich" xavbeki Buendiani xarid qilmoqchi
21 may 2021 12:38
Yangiliklar
"Arsenal" "Norvich" xavbeki Buendiani xarid qilmoqchi
"Arsenal" mavsum so'nggida "Norvich"ga APLga chiqishga yordam bergan yarim himoyachi Emiliano Buendiani xarid qilmoqchi.
Londonliklar yaqin kunlarda 24 yoshli argentinalik futbolchining transferi bo'yicha taklif beradi, xavbekning o'zi "Emireyts"ga o'tishga tayyor.
"Arsenal" yanvarda Buendia bilan shartnoma imzolashni xohlagan edi, ammo "Norvich" rad javobini bergan, shu sabab "kanonirlar" "Real"dan Martin Edegorni ijaraga olishgan edi.
Buendianing "Norvich" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum CHempionship doirasidagi 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 16ta assist qayd etdi.
Fikrlar