So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

"Arsenal" - MYU. Lui van Gaal ishtirokida matbuot anjumani Yangiliklar

"Arsenal" - MYU. Lui van Gaal ishtirokida matbuot anjumani

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da APL 12-turi doirasida "Arsenal" hamda MYU jamoalari o'rtasida markaziy o'yinlardan biri bo'lib o'tadi.
Agar MYU - "Arsenal" qarama-qarshiligini esga oladigan bo'lsak ushbu o'yin haliyam mana shunday ahamiyat kasb etadi deya olasizmi?
Men uchunmi yoki MYU muxlislari uchunmi? Bunday deb aytayotganimni sababi men MYU bosh murabbiyi sifatida ilk bora "Arsenal"ga qarshi o'yin o'tkazaman. Ularga qarshi faqatgina "Barselona"da ishlagan vaqtimdagina o'ynaganman. Menga "Arsenal"ning o'yin uslubi yoqadi. Qarama-qarshilikka keladigan bo'lsak - bu, sportda oddiy hol.

Safga qaytayotgan o'yinchilar borasida...
Hozir anig'ini ayta olmayman. Mashg'ulotlarga qaraymiz. (Intervyu kecha qilingan). SHaxsan mening fikrimcha, futbolchi o'yinga bir hafta davomida tayyorlanishi kerak. Lekin, ayni paytdagi holatimizda ushbu principimdan bir oz chetga chiqib turishga majburman.

So'nggi olti o'yinda faqatgina bir marotaba mag'lubiyatga uchradingiz. Futbolchilaringiz sizni nima istayotganingizni tushunib etmoqdalarmi?

Tushunishimcha, ha. Qanday uslubda o'ynatishim sir emas.  David De Xea, Maykl Karrik va Deyli Blind kabi futbolchilar terma jamoa safidan jarohat bilan qaytdilar. Ha, shuningdek Lyuk SHou ham. Di Mariya jamoa safida mashg'ulotlarni to'liq o'tkazdi. Unda barchasi joyida. SHouning o'yindagi ishtiroki esa so'roq ostida. David De Xeada esa barchasi joyida. Kerrikni esa mashg'ulotlariga qaraymiz. Blind esa maydonga tusha olmaydi.

"Arsenal"ga o'tib ishlari yurishib ketgan Danni Uelbek ham sobiq jamoasiga qarshi o'yinni intizorlik bilan kutayotgan bo'lsa kerak.


Asosiy tarkibda maydonga tushayotgan har bir futbolchi kuchayishda davom etadi. Nima demoqchi bo'layotganimni tushunyapsizmi? U har hafta maydonga tushib kuchaymoqda. U MYUda bu narsaga ishonmasdi. SHu sababli, menga ayni paytda uning harakatlarini kuzatish yoqimli bo'lmoqda.

Lekin, bu o'yinda bo'lmasa kerak...
Ha, lekin, bilasizmi? Van Persi ham vaqtida "Arsenal" futbolchisi hisoblangan. Bu futbol. Uning MYU futbolchisi sifatida "Arsenal"ga uchta gol kiritganini ham bilaman. Hayot shunday. Menga ishonavering.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика