So’nggi yangiliklar

00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  8 23:56Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Мальорка". Таркиблар аниқ!  2 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  0 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  0 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  6 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  23 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1 19:54"Реал" базасининг 85 гектар ерида янги шаҳар қурилади  9 19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  3 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  4

Superliga. "So'g'diyona" va "Metallurg" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" va "Metallurg" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

Superliga 15-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Metallurg" o'yini yakunlandi.

So'g'diyona

Lupche Doriev - 23', Islom Qobilov - 42'

Superliga. 15-tur

11/08/2024, 19:00

2
:
2
Tugadi

Metallurg

Balsa Sekulich - 38', Aziz Pirmuhammadov - 73'

45'
90'
23'  Lupche Doriev
42'  Islom Qobilov
42'  ZHasur YOqubov
46'  Nodirjon Soyibov (Suhrob Izzatov)
72'  Stanislav Andreyev (Muhammadsafo Fozilov)
72'  Lupche Doriev (Umidbek Sultonov)
78'  Stanislav Andreyev (Alisher Salimov)
90'  Xondamir Mustafoqulov (Sardor Qulmatov)
90'  Sardor Qulmatov
3'  Kerim Palich
38'  Balsa Sekulich
38'  Aziz Pirmuhammadov
43'  Aziz Pirmuhammadov
46'  Abror Toshqo'ziev (Kerim Palich)
62'  Marko Milichkovich (Shahzod Nematjonov)
62'  Xudoyshukur Sattorov (Iskandar SHaykulov)
69'  Asadbek Sobirzhonov (Abbos Ergashboev)
73'  Aziz Pirmuhammadov
73'  Abbos Ergashboev
83'  Balsa Sekulich (Daler Sharipov)

"So'g'diyona" - "Metallurg" 2:2
11 avgust 2024 yil. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Akmal Rahimov, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, Turg'un Jumaboev
VAR: Davron Akmalov
AVAR: Nikita Mustafin
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Vladimir Nazarov.

Gol: 1:0 — 23, Lyupcho Doriev (penalti), 1:1 — 38, Balsa Sekulich (Azizbek Pirmuhammadov), 2:1 — 42, Islomjon Qobilov (Jasurbek Yoqubov), 2:2 — 73, Azizbek Pirmuhammadov (Abbos Ergashboev).

"So'g'diyona": 21. Muhammadyusuf Sobirov, 3. Islomjon Qobilov, 4. Otabek Ahadov, 5. Jasurbek Yoqubov (6. Alisher Salimov, 78), 8. Vladimir Yovovich, 11. Zoran Petrovich, 14. Lyupcho Doriev (99. Umidbek Sultonov, 72), 15. Xondamir Mustafoqulov (2. Sardor Qulmatov, 90+1), 17. Samandar Sindarov, 28. Stanislav Andreev (7. Muhammadsafo Fozilov, 72), 32. Nodirjon Soyibov (23. Suhrob Izzatov, 46).

Zaxira: 1. SHoxruh Isoqov, 22. Aleksey Nosko, 42. Sardorbek Erkinov, 68. Sardorbek Hoshimov.

"Metallurg": 35. Rahimjon Davronov, 2. Odilbek Abdumajidov, 4. Karim Palich (14. Abrorbek Toshqo'ziev, 46), 5. Oleksandr Kuchurenko, 6. Xudoyshukur Sattorov (8. Iskandar SHayqulov, 62), 7. Asadbek Sobirjonov (99. Abbos Ergashboev, 69), 15. Azizbek Pirmuhammadov, 22. SHahzodbek G'ofurbekov, 31. Marko Milikovich (25. SHahzodjon Nematjonov, 62), 88. Sirojiddin Qo'ziev, 98. Balsa Sekulich (11. Daler SHaripov, 83).

Zaxira: 87. Akmal Ortiqov, 9. Zabihillo O'rinboev, 10. SHahzodbek Ubaydullaev. 19. Abubakir Ashurov.

Ogohlantirishlar: Karim Palich (3), Azizbek Pirmuhammadov (43), Sardor Qulmatov (90+4).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+4. Sardor Qulmatov ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. Xavfli vaziyat! Nematjonovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, "So'g'diyona" darvozasining yonginasidan o'tib ketdi.

83. "Metallurg"da o'zgarish.

78. "So'g'diyona" tarkibida o'zgarishga qo'l urildi.

73. GOL! Aziz Pirmuhammedov burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan qoyilmaqom tarzda "So'g'diyona" darvozasiga joylab qo'ydi. 

72. "So'g'diyona"da ham o'zgarish yuz berdi.

69. "Metallurg" tarkibida navbatdagi o'zgarish sodir bo'ldi.

66. Qobilov "Metallurg"ning navbatdagi hujumini bartaraf etdi.

62. "Metallurg" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

58. Mezbonlarning chiroyli hujumi noaniq pas tufayli yakuniga etmay qoldi. Yovovich jarohat olgan ko'rinadi.

52. Xavfli vaziyat! Sekulichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Sobirov oyoqlarini cho'zgan holda qaytardi.

49. "Metallurg"ning ketma-ket ikkita burchak zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Ikki jamoa tarkibida bittadan o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! Petrovich raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalanishi mumkin edi, biroq mezbonlar hujumchisining zarbasiga aniqlik etishmadi.

43. Azizbek Pirmuhammadov qoidabuzarlik uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

42. GOL! Islom Qobilov o'ng qanotdan Yoqubov tomonidan uzatilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'yib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi.

38. GOL! Pirmuhammadovning chap qanotdan uzatgan to'pini Sekulich to'xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

36. "So'g'diyona" darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin. To'p mezbonlar jarima maydonida Nodirjon Soyibovning qo'liga tekkan-tegmagani ko'rib chiqilmoqda. Biroq 11 metrli jarima belgilanmadi.

32. Xavfli vaziyat! Andreevning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi va to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. "Metallurg" darvozaboni to'pni qaytarish chog'ida qo'lini darvozaga urib olgani uchun kichik tibbiy yordam oldi.

31. Petrovich Yovovich bilan kombinaciya sodir etganga raqib jarima maydoniga kirib bordi, oxirgi uzatmani "Metallurg" himoyachilari maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

28. Sobirjonovning yana bir jarimadan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

25. Sobirjonovning jarimadan uzatmasiga Muhammadyusuf Sobirov peshvoz chiqdi va jamoadoshi bilan to'qnashib ketdi.

23. GOL! Lyupcho Doriev penaltini aniq ijro etib, hisobni ochdi. "So'g'diyona" hujumchisi darvozaning chap burchagini nishonga oldi, Rahimjon Davronov esa to'p yo'nalishini topa olmadi.

SHimoliy Makedoniyadan kelgan hujumchi joriy mavsumdagi 10-golini urdi va hozircha Superliga to'purari bo'lib turibdi.

20. Penalti! Doriev endi ko'rinish berishi bilan samarali harakat amalga oshirdi, uning pasi Sattorovning qo'liga tegdi. Hakam VAR bilan maslahatlashib, qarorini o'zgartirmadi.

19. Xavfli vaziyat! Bu safar Yovovich raqib futbolchilari qurshovida bo'lishiga qaramay, zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi. Rahimjon Davronov o'z o'rnida.

18. Xavfli vaziyat! Andreevning uzatmasidan so'ng Mustafoqulov bosh bilan zarba yo'lladi, biroq zarba kuchi yuqori bo'lmagani sababli bu raqib posboni uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

16. Sobirjonov raqib futbolchisi bilan to'qanshuv oqibatida maydonda yotibdi. Biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

Maydon chimining o'z joyidan ko'chish holatlari ko'zga tashlanmoqda.

10. Asadbek Sobirjonovning raqib jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi, uning urinishi ko'proq uzatmaga o'xshab ketdi.

9. "So'g'diyona" futbolchisi hujumda qoidabuzarlik sodir etdi.

3. Karim Palich tezkorlik bilan oldinga qochib ketayotgan sherigini to'xtatib qolgani uchun dastlabki daqiqalardanoq ogohlantirildi.

1. O'yin boshlandi.

Uchrashuv oldidan jamoalar "Paxtakor-79" voqealari munosabati bilan bir daqiqalik sukut saqlashdi.

"So'g'diyona" to'rt o'yindan beri "Metallurg"ni mag'lub eta olmayapti. SHu bilan birga, o'z maydonidagi so'nggi besh uchrashuvda bekobodliklarga yutqazmagan.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Bugun "So'g'diyona" och ko'k, "Metallurg" esa oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика