"Arsenal" Mxitaryanning "Roma"daligidan foydalanib qolmoqchi
14 iyu 2020 14:53
Yangiliklar


"Arsenal" Mxitaryanning "Roma"daligidan foydalanib qolmoqchi
"Roma" rahbariyati Genrix Mxitaryanni tarkibda olib qolishni istamoqda.
Rimliklar avvaliga futbolchining ijara muddatini uzaytirmoqchi bo'lishgandi. Endi esa ular 12-14 mln evro evaziga xavbekni sotib olishmoqchi.
"La Gazzetta dello Sport" tarqatgan malumotga ko'ra, "Arsenal" o'z futbolchisining transferi orqali Jastin Klyuyvertni o'z tarkibiga olib kelmoqchi. London klubi Klyuyvert uchun, shuningdek, 35-40 mln evrodan ham voz kechishga tayyor turgandi. Mxitaryan orqali bu summa yanada kamayadi.
Qayd etish kerak, Mxitaryan va Klyuyvertga bir agent xizmat qiladi - Mino Rayola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar