"Arsenal" Lyakazettga 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor

Alisher
20 noya 2021, 15:02
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

"Kanonirlar" 30 yoshli fransiyalik futbolchiga 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan qisqa muddatli bitim taklif qilishga tayyorlar.

Lyakazett 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Forvardning amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic