"Arsenal" himoyachisi klub bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023, 16:39
"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba klub bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, tomonlar 4 yillik shartnoma borasida og'zaki kelishuvga ega. Hozirda hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari davom etmoqda.

Yakunlangan mavsumda 22 yoshli markaziy himoyachi barcha turnirlarda 33 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil yozigacha davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic