"Arsenal" Cherishevga qiziqish bildiryapti

Aslanov Jasurbek
4 avg 2015, 12:43
"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi Denis Cherishevni nishonga olgan.

"As" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, "Real" rossiyalikni 21 mln. evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Cherishevga bir nechta klub qiziqish bildiryapti, "Arsenal" esa talab qilinayotgan mablag'ni to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 24 yoshli futbolchi uchun 17 mln. evro taklif qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com