“Arsenal” Azmunni o'z safiga qo'shib olishga yaqin
15 iyu 2020 20:40
Yangiliklar


“Arsenal” Azmunni o'z safiga qo'shib olishga yaqin
“Zenit” forvardi Sardor Azmun faoliyatini APLda davom ettirish ehtimoli bor.
Mundo Deportivo jurnalisti Fransesk Agilarning xabar qilishicha, London va Sankt-Peterburg klublarining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin Azmunni “to'pchilar”ga tavsiya qilgan.
“O'z sobiq o'yinchisi Andrey Arshavinning tavsiyasiga ko'ra, “Arsenal” eronlik Sardor Azmunni sotib olishga yaqin turibdi. Qiziq futbolchi”, deya qayd etgan Agilar.
Avvalroq, Azmun bilan “Napoli” va “Lacio” klublari muzokara olib borayotgani aytilgandi. Qayd etilishicha, Arshavin Azmun borasida “Arsenal” ustozi Mikel Arteta bilan suhbat o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar