"Arsenal" afsonasi "Kristal Pelas"ni boshqaradi
04 iyu 2021 19:08
Yangiliklar
"Arsenal" afsonasi "Kristal Pelas"ni boshqaradi
45 yoshli Patrik Vieyra APL jamoasida faoliyat yuritadi.
Franciyalik mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma tuzildi. SHu tariqa o'zaro kelishuv 2024 yilgacha amal qiladi, bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
Vieyra oldinroq "Manchester Siti" U-21 ustozi va asosiy jamoada bosh murabbiy assistenti bo'lib ishlagan. Uning murabbiylik faoliyatidagi oxirgi ikki klubi "Nyu-York Siti" va "Nicca" sanaladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Roy Xojson boshchiligidagi "Kristal Pelas" chempionatda 44 ochko to'plab, 14-o'rinni olgan edi.
Fikrlar