"Arsenal" 20 yoshli futbolchi uchun 53 million funt to'lamoqchi
03 okt 2019 16:54
Yangiliklar


"Arsenal" 20 yoshli futbolchi uchun 53 million funt to'lamoqchi
"Arsenal" "RB Leypcig" himoyachisi Dayo Upamekanoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
London klubi franciyalik futbolchini sotib olishga yana bir bor urinib ko'radi. "Arsenal" futbolchi uchun 53 million funt taklif qiladi.
20 yoshli Upamekano joriy mavsum Bundesliga doirasida 2ta o'yinda maydonga tushgan.
Futbolchi Franciyaning "Valansen" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U faoliyati davomida "RB Leypcig"dan tashqari "Zalcburg" va "Lifering" klublari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar