Arsen Venger: "Muxlislar Ozilni tanqid qilmasdan, qo'llab-quvvatlashlari kerak"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2014, 11:33
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger muxlislarning Ozilga bildirayotgan tanqidlariga salbiy qaraydi.
"Muxlislar bunday munosabat bildirishlari kerak emas. Aksincha, uni qo'llab-quvvatlashlari kerak. Tushunaman, muxlislar eng yaxshi o'yinchilar uchrashuv natijasini hal qilishini xohlaydi, ammo hech narsa o'xshamaydigan payt bo'ladi. Biz birga bo'lishimiz va og'ir damlarni birga o'tkazishimiz kerak. Ozil nega har doim aybdor bo'lishiga tushunmayman" - deydi murabbiy.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net