Arsen Venger "Arsenal"ning etakchiligi haqida: "Siti" hozir o'tgan mavsumlardagidek zo'r formada emas, qolganlar raqib bo'lolmaydi"
14 fev 2023 13:09
Yangiliklar


Arsen Venger "Arsenal"ning etakchiligi haqida: "Siti" hozir o'tgan mavsumlardagidek zo'r formada emas, qolganlar raqib bo'lolmaydi"
Arsen Venger "Arsenal" bu mavsum Angliya Premer-Ligasida g'olib bo'la olishi to'g'risidagi savolga javob berdi.
"Men "ha" degan bo'lardim, sababi odatda Premer-ligada xavfli bo'lgan jamoalarning hammasi poygadan chiqib ketgan, yagona raqib – bu "Siti". Qolganlar raqobat qila olmaydi.
Hattoki "Siti" ham hozir o'tgan yili yoki ikki yil avvalgi darajasida o'yin ko'rsatmayapti. Ayniqsa bu mavsum avvalgilari bilan solishtirganda "Siti" himoya chizig'ida zaiflashdi", – dedi "Arsenal"ning sobiq ustozi beIN Sports efirida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar