Armanistonlik, qozog'istonlik va qirg'izistonlik o'yinchilar RPLda legioner hisoblanishmaydi

Alisher
9 iyun 2020, 12:04
Kelasi mavsumdan Rossiya chempionatida qozog'istonlik, armanistonlik va qirg'izistonlik futbolchilar legioner hisoblanishmaydi.

Ushbu qaror bugun RFI ijroiya qo'mitasining videokonferenciya orqali bo'lib o'tadigan yig'ilishida qabul qilinishi mumkin. 

Qayd etish kerakki, 2019 yilning fevral oyidan belaruslik futbolchilar RPLda legioner deb hisoblanmayapti.

Eslatib o'tamiz, Rossiya Premer-ligasi koronavirus infekciyasi tufayli to'xtatilgan. Restart esa 21 iyunga rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport24