Argentina termasi shifokori Agueroning jarohati haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
18 apr 2018, 21:58
Argentina terma jamoasi shifokori "Manchester Siti" futbolchisi Serxio Agueroning jarohati haqida gapirdi.

"Agarda futbolchining eski jarohatini davolayotgan bo'lsa, tiklanish kam vaqtni oladi. Bunday holatda Aguero 3-4 haftada safga qaytadi. Biroq men uning JCH-2018ga 100 foiz tayyor bo'lishiga ishonmayapman, chunki mundialga oz vaqt qoldi", - dedi vrach.

Aguero mart oyi boshlarida jarohat olgandi, shundan keyin ham maydonga tushishni davom ettirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todomercadoweb