So’nggi yangiliklar

13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  0 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  8 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  14 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  13 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  3 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4

Argentina futzalchilari finaldagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar deyishdi? Yangiliklar

Argentina futzalchilari finaldagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar deyishdi?

Futzal bo'yicha JCH finalidan o'rin olgan Braziliya – Argentina (2:1) uchrashuvidan keyin argentinalik futzalchilar Nikolas Sarmiento va Konstantino Vaporaki fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu biz kutgan medal emas edi, afsuski. Bizning asosiy maqsadimiz ushbu musobaqada g'alaba qozonish edi. Braziliyani g'alaba bilan tabriklayman. Biz qo'limizdan kelgan barchasini qildik. Etarlicha hujumlar qildik, ammo to'p darvozaga kirishni istamadi. Ketma-ket uchinchi mundial finalida ishtirok etmoqdamiz. Bu men uchun uchinchi Jahon chempionati bo'ldi. 

Argentina sharafini himoya qilayotganimdan juda mag'rurman, afsuski, bugun g'alaba qozona olmadik, lekin biz bosib o'tgan yo'l maqtovga loyiq deb o'ylayman. Jamoamizni tanqid qilish o'ta noto'g'ri ish", – deya fikr bildirdi darvozabon Nikolas Sarmiento.



"Bugungi o'yin natijasini kichik detallar hal etdi. So'nggi soniyalarga qadar kurashdik va durang qayd etishga intildik. Afsuski, biz ko'zlagan natija qayd etilmadi va raqib jamoa g'olib bo'ldi. Braziliyani chempionlik bilan tabriklayman. 

Braziliya chempionlikka munosib jamoa edi. Final bahsida bizga biroz omad va diqqat-etiborli bo'lish etishmadi. Ayniqsa, o'tkazib yuborgan gollarimizda etiborliroq bo'lishimiz kerak edi. So'nggi daqiqada gol urdik va hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo buni uddalay olmadik. Barchaga rahmat. Bu ajoyib mundial bo'ldi", – dedi Konstantino Vaporaki.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика