Arauxo: "Barselona" farqni 12 ochkogacha oshirishni o'ylamoqda"

Mirjalol Normatov
19 mar 2023, 13:40
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo "Real"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

- Klasikoga qay tariqa tayyorlanyapsiz?

- Xotirjamlikni saqlab qolish kerak. Barchamiz asosiy raqibga qarshi o'yin qanchalar muhim ekanligini yaxshi bilamiz. Bu LaLiga sovrinini yutishdagi asosiy qadam bo'lishi mumkin. O'yinga tayyormiz va faqatgina g'alaba haqida o'ylayapmiz. Maqsadimiz oradagi farqni 12 ochkogacha etkazish.

- Agarda ushbu uch ochko qo'lga kiritilsa, jamoaning chempionlik uchun imkonyatlarini nechi foiza baholaysiz?

- Bilmadim. Hozircha matematik jihatdan imkoniyatlar etarlicha. Raqib ham kurashadi. Agarda g'alabaga erishsak, biroz xotirjam bo'lib olamiz. Biroq shunda ham g'alabalarni davom ettirish kerak bo'ladi. Oldimizdagi yo'l hali uzoq.

- "Real" YCHLni qo'lga kiritishga e'tiborni qaratgan. Bu o'yinga ta’sir qilarmikin?

- Unday o'ylamayman. Bu chempionat o'yini, raqib kim bo'lishidan qatiy nazar jamoalar o'ynashmoqda. O'z navbatida har bir klasikoning e'tibor yuqori. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun o'ynaydi, - dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal