AQSH - Germaniya 0:1. MATNLI TRANSLYACIYA
26 iyu 2014 22:07
Yangiliklar
AQSH - Germaniya 0:1. MATNLI TRANSLYACIYA
AQSH - Germaniya uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014. G guruhi. 3-tur
AQSH - GERMANIYA 0:1
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
GOL: Myuller, 55 - 0:1.
AQSH: Xovard, Gonsales, Bredli, Besler, Bizli, Dempsi, Jons, Devis (Bedoyya, 59), Bekerman, Zusi (Yedlin, 83), Jonson.
Germaniya: Noyer, Xevedes, Xummels, SHvaynshtayger (Gyotce, 74), Ozil (SHyurlle, 87), Podolski (Kloze, 46), Myuller, Lam, Mertezaker, Kroos, Boateng
Ogohlantirishlar: Xevedas 11, Gonsales 36, Bekerman 61.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Uchrashuvni kayfiyati yo'q bo'lgan Narzulla sharhlab bordi. Menimcha buni o'yin davomida sezdirmadim. Barchaga rahmat!
Bo'ldi tugadi! Germaniya va AQSH keyingi bosqichga yo'llanma olishdi. Narigi o'yinda Portugaliya 2:1 hisobida zafar quchdi.
90+3. LLAAAAAAAAAAAAAAAAAAMMMMMMMMM! QOYIL !!! Bedoyyaning zarbasi yo'liga Lam to'g'anoq bo'ldi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.
90+2. Ushbu natija ikkala jamoani keyingi bosqichga olib chiqadi. SHu bois AQSH ham mag'lubiyatdan xafa emas va o'yin lanj tarzda davom etmoqda
90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi
89. Maydonga muxlis tushib keldi. Uning ustida "Bavariya" logotipi bor sochiq bor edi.
87. O'zgarish. Germaniya. Ozil o'rniga SHyurlle tushdi
85. Xavfli vaziyat! Kloze! Biroq hujumchi o'yindan tashqari holatda qolib ketibdi
83. O'zgarish. AQSH. Zusi o'rniga Yedlin tushdi
82. Gyotce va Ozil kombinaciyasini Mesut oxiriga etkaza olmadi.
80. Portugaliya oldinga chiqib oldi 2:1.
78. ZARBBBAAAAA! XEVEDESning zarbasidan so'ng Xovard to'pni ushlab oldi
74. O'zgarish. Germaniya. SHvaynshtayger o'rniga Gyotce tushdi
72. Yana bir qiziq vaziyat! Birinchi bo'limda Ermatovga urilib ketgan Jons endi o'z jamoadoshi Bedoyyaga urilib ketdi. Ikkala futbolchiga shifokorlar yordam ko'rsatishdi
71. Dempsi hujumga o'tdi va Xummels bilan to'qnashib ketib erga yiqildi
70. O'yin maydon markazida kechmoqda. Jamoalar hujumlarni tezda qaytarishmoqda
64. AQSHning hujumi, Dempsining to'p uzatishiga Jons yugurmay qo'ya qoldi... eta olishiga ishonmadi shekilli
60. Ogohlantirish. AQSH. Bekerman SHvaynshtaygerni yiqitgani uchun
58. O'zgarish. AQSH. Devis o'rniga Bedoyya
57. Narigi o'yinda Gana gol urdi - 1:1. Hozirgi vaziyatda Germaniya va AQSH keyingi bosqichga chiqadi
55. Mertesakerning bosh bilan yo'llagan zarbasini Xovard aql bovar qilmas seyv bilan qaytardi! Qaytgan to'pni Myuller jarima maydoni chizig'i ustidan darvozaning uzoq burchagiga mixladi - 0:1.
55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MYULLER!!!
54. Germaniya ketma ket hujum qilib yotibdi. Yakuniy aniq zarba hozircha berilmadi
52. ZARBAAAAAAAAA! SHvaynshtaygerning nafis pasidan so'ng Kloze boshi bilan darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
50. Myullerning chap qanotdan jarima maydoni ichiga oshirgan to'pi noaniq chiqdi. Xovard barchasi joyida dedi.
47. Boateng o'ng qanotdan jarima maydoniga to'p oshirdi, Ozilning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
46. O'zgarish. Germaniya. Podolski o'rniga Kloze tushdi
45+1. Tanaffus. Hozircha 0:0. Ketib qolish yo'g'a)
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
43. Aslida durang ikkala jamoani keyingi bosqichga olib chiqishini bilasiz. Hozircha 0:0
40. AQSH burchak to'pi ishlab oldi, biroq Zusining pasi hech kimga tegmay maydondan chiqib ketdi. Pas ancha tepadan ketdi
38. Podolski chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Xovard bunday vaziyatlarni bir qanchasini ko'rib bo'ldi. Bunday harakat bilan uga gol urib bo'lmaydi
37. Romantik futbol muxlisasining holiga maymunlar yig'ladi
36. Ogohlantirish. AQSH. Omar Gonsales
35. O'yinda xavfli vaziyatlar kam bo'lmoqda. Hujumlar ko'p zarbalar kam
33. Jons oldinga bordi, biroq jarima maydoni chizig'i ustidan yiqilib tushdi, bu safar Ermatov unga xalal bermagandi)
31. Narigi o'yinda gol urildi. Ganalik Jon Boy o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi
27. Qiziqarli holat! AQSHning hujumi, o'ng qanotdan oshirilgan to'pga Jons intildi, biroq u kutilmaganda qarshisida turgan Ravshan Ermatovga urilib yiqilib tushdi! Hamyurtimiz kulib qo'ya qoldi
25. Jerom Boateng juda faol. O'ng qanotdan oshirilgan to'p bu safar noaniq ketdi
24. Kiyimlariga alohida etibor qaratib keladigan Yoaxim Lyovning usti shalabbo bo'lgan. Yomg'ir aybdor
23. Boshida bironta sochi yo'q lekin soqoli anchagina uzun bo'lgan Xovard hozircha raqibning hujumlarini qaytarib turibdi.
22. XAVFLI VAZIYAT! AQSHning ilk xavfli hujumi! Zusi jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan burama zarbasi biroz noaniq ketdi!
19. Myuller ancha faol! Uning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchsiz zarbasidan so'ng to'pni posbon egallab oldi
17. SHvaynshtaygerning pasidan so'ng Myuller to'pga intildi, Xovard o'z jarima maydoni ichida qirol ekanini ko'rsatdi
14. Yana bir vaziyat! Boateng o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Myuller to'pga eta olmadi
11. Ogohlantirish. Germaniya. Xevedas
10. Yomg'ir yog'sa qizlar "romantichniy" bo'ladi deyishadi. Hozircha o'yin hech ham romantikka o'xshayotgani yo'q. Jang ketmoqda
9. Xavfli vaziyat! Mertesaker va Xevedes raqib jarima maydoni ichida bir birlariga xalal berib qo'yishdi. Aks holda...
7. Germaniya katta kuch bilan oldinda. Ketma ket hujumlar...
5. Hozircha ustunlik nemislar tomonida. Ular ko'proq oldinga o'tishmoqda
3. Uchrashuv juda qattiq yog'ayotgan yomg'ir ostida boshlandi.
2. Xavfli vaziyat! Germaniya hujum qildi. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Myuller akrobatik tarzda darvozaga yo'llashga urindi. Undan o'tib ketgan to'pni Podolski noaniq tarzda tepib yubordi
1.RAVSHAN ERMATOV HUSHTAGI BILAN O'YIN BOSHLANDI
- Navbat Germaniya madhiyasiga...
- AQSH davlat madhiyasi yangramoqda. Stadionga kelgan ko'plab muxlislar uni jo'r bo'lib kuylashdi.
- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! AQSH va Germaniya o'rtasidagi o'yinni sizlar bilan birga Narzulla Saydullaev kuzatib boradi.
- Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar