So’nggi yangiliklar

20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  0 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  30 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи" 1:0 (матнли трансляция)  36 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  5 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  11 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  15 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  2

APLning kuchli olti jamoasini asosiy muammolari nimadan iborat? Yangiliklar

APLning kuchli olti jamoasini asosiy muammolari nimadan iborat?

Joriy mavsum APL musobaqasi yakunlanishiga ham 9 ta tur qoldi, holos.

"Haddesfild" va "Fulxem" kabi klublar APLni tark etish ehtimoli yuqori bo'lib borayotgan pallada turnir jadvalining yuqori o'rinlari uchun bo'lgan kurash avjiga chiqib bormoqda. Amaldagi chempion "Manchester Siti" "Liverpul"dan 1 ochko ko'p to'plagan holda etakchi bo'lib turgan bo'lsa, "Tottenxem" mersisaydliklardan 9 ochkoga qolib ketgan va uchinchi o'rin uchun juda qiziqarli bahslar yuzaga kelgan.

Bu vaqtda Londonning yana ikki klubi va "Manchester Yunayted" yonma-yon kelishmoqda >>> APL 

Odamlar tez-tez "Big Six" nomi bilan ataluvchi jamoalarning kuchli tomonlarini gapirishadi. Lekin, ularning zaif nuqtalari qanday? Kuchli olti klubning ishlari qay darajada to'g'ri ketyapti? Quyida ularning statistik ojiz joylarini ko'rishingiz mumkin.

"Manchester Siti"

"SHaharliklar" allaqachon mavsum davomida 16 ochkoni ko'kka sovurishdi. Bu natija esa "Siti"ning o'tgan yildagi ko'rsatkichidan 2 ochko kamligini ko'rstatib turibdi. Mazkur mavsumda "Manchester Siti" 4 marta ("CHelsi", "Kristal Pelas", "Lester" va "Nyukasl") yutqazgan bo'lsa, ularning uchtasida "Manchester Siti" o'yinni boshqardi. Faqat "aristokratlar" "Stemford Brij"da ishonchli g'alaba qozondi. O'rtamiyona jamoalarga boy berilgan 9 ochko yo'qotishlar yakunda Gvardiola va uning jamoasiga qimmatga tushib qolmasa bo'lgani.


"Liverpul"

"Qizillar" va nihoyat himoyadagi kamchiliklarni to'ldirgan bir paytda, endi ularning hujumida muammolar yuzaga kelmoqda. Jamoa joriy mavsum APLda 64 ta gol urdi va 15 marta darvozasidan to'p olib chiqdi. Ushbu ko'rsatkich ularga APL yakuniga 10 ta tur qolganida peshqadab bo'lib turishlariga zamin yaratib berdi. Ammo, "Everton bilan durang oqibatida ular ikkinchi o'ringa tushib qolishdi. "Liverpul" hujumida rang-baranglik, kreativ yondashuv yoqolib qolgandek ko'rinmoqda. Buni futbolchilar uzoq masofadan ko'p marotaba darvozani o'qqa tutishayotganidan bilish mumkin. Jamoa ketma-ket golsiz uchrashuvlarni ham o'tkazdi ("Everton" 0:0, "Manchester Yunayted" 0:0, "Bavariya" 0:0). Garchi Top-6 klub orasida jarima maydoni tashqarisidan eng ko'p zarba bergan (148 zarbadan 41tasi aniq) bo'lsa ham aniqlik ko'rsatkichiga havas qilib bo'lmaydi.


"Tottenxem"

"SHporlar" (29-turga qadar) APLning ushbu mavsumida o'z hududlariga tegishli bo'lgan maydonning ikkinchi yarmida 7,368 ta uzatmadan 751 ta pasni noaniq amalga oshirdi. Bu borada ulardan faqatgina "Vulverxempton" (799) hamda "Fulxem"(762) jamoalari oldinda borishmoqda. Yaqin yillar ichida jamoaning himoyadan turib hujum boshlashi, maydon markazidagi bog'lamlar uzilib qolish darajasi oshib ketdi. Oqibatda, Maurisio Pochettino boshqaruvidagi jamoa hujumchilari o'zlari istamagan holda Ugo Lorisning uzoq masofaga tepgan to'rlari uchun kurashishga majbur bo'lishmoqda. Markaziy yarim himoyachilar raqib jamoasi uchun bo'sh zonalarni taqdim etib qo'yishlariga, himoyachilar bilan o'zaro tushnmovchiliklar va etarli darajada paslarning aniqmasligini sabab sifatida keltirish o'rinli. 


"Manchester Yunayted"

 Mankunianliklarda vaziyat biroz boshaqacha. Deyarli barcha kamchiliklar ketma-ket g'alabalardan so'ng ko'zga tashlanmay qoldi. Lekin, APLda MYU hujumchilari bosim qilish natijasida to'pni yutib olish ko'rsatkichi (87 marta yutib olgan) bo'yicha faqat 3ta jamoadan ("Brayton" (80), "Vest Xem"(80) va "Fulxem"(75) oldinda.  Sulsher kelganidan so'ng vaziyat yaxshi tomonga o'zgarayotganini ko'rish mumkin. 17 uchrashuvda MYU bosim qilish oqibatida 47 marotaba to'pni raqib himoyachilaridan olib qo'ydi.


"Arsenal"

"Kanonirlar" joriy mavsumda ichki chempionatda himoyada golga olib boruvchi eng ko'p xato qilgan jamoa bo'lib turibdi (9). Arsen Venger davrida himoyachilarning ko'pchiligi himoyalanish ko'nikmasiga ega bo'lmagan va natijada "Arsenal" mudofaasida ko'plab muammolar Vengerni tashvishga solgan. Bu muammoni Unai Emeri bartaraf qila oladiganga o'xshamaydi. Boisi, APLda to'rtinchi o'rinda boradigan jamoa joriy mavsumda raqiblariga gol urib berish imkoniyatini taqdim etayotganini juda ko'p ko'rish mumkin. Ular bu borada avvalgilariga qaraganda saxiy jamoaga aylanib ulgurdi. Isbot o'rnida, "Arsenal" himoyachilari Premer-ligada bu mavsumning o'zida 22 marta qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi va oqibatda shularning 9 tasi darvoza ishg'ol etilishi bilan yakunlandi.  Darvozabon Brend Leno 3 marta golga olib borgan xatoda asosiy rolni ijro etib berdi.


"CHelsi"

Vaziyatlarni ko'kka sovurish bo'yicha "CHelsi" kuchli oltilik ichida eng yaxshi natijani qayd etmoqda. "Aristokratlar" joriy mavsum APLda 337 vaziyatdan 47 ta gol urdi. Bu har 7ta imkoniyatdan bittasida foydalanish degani. Bu esa Sarri va uning shogirdlariga yarashmaydigan holat. Umuman, londonliklarning 3ta nominal hujumchisi jami 10ta gol urdi. Morata 5ta va u hozir "Atletiko" jamoasida ijara asosida o'ynamoqda. Olive Jiru shu paytga qadar ikki marta o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan bo'lsa, mavsum yarmidan klubga qo'shilgan Gonsalo Iguain 3 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Hujumkor yarim himoyachilar: Azar (12) va Pedro (8) boshqalarga qaraganda ko'proq to'p kiritishmoqda.  


Nodir Abdurasulov

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика