APLning besh klubi FIFA qaroriga qarshi
08 sen 2021 19:04
Yangiliklar
APLning besh klubi FIFA qaroriga qarshi
Avvalroq FIFA futbolchilarni terma jamoa o'yinlariga qo'yib yubormagani uchun "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "CHelsi" va "Lids"ning 8 nafar futbolchisi klub safida 10–14 sentyabr kunlari futbol o'ynashini taqiqlagandi. Bular: Fabino, Alisson, Roberto Firmino ("Liverpul"), Ederson, Gabriel Jezus ("Man Siti"), Rafinya Dias ("Lids"), Tiago Silva ("CHelsi"), Fred (MYU).
Yuqorida sanab o'tilgan klublar FIFA qaroriga qarshi chiqadi. Ular koronavirus cheklovlari bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarni hisobga olgan holda, taqiqning hech qanday asosi yo'q deb hisoblamoqda.
Ko'rsatilgan beshta klub Braziliya konfederaciyalar ligasi tomonidan Risharlisonni terma jamoaga qo'yib yubormagan "Everton" uchun jazo so'ramaganidan g'azablandi.
Sankciya hozircha o'z kuchida, FIFA yakuniy qarorni chiqargani yo'q.
Fikrlar