So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

APLning 5 nafar eng yaxshi yosh futbolchisi Yangiliklar

APLning 5 nafar eng yaxshi yosh futbolchisi

Premer Ligada mavsumning birinchi yarmi ortda qolmoqda. Etiborga loyiq jihati shuki, unda yosh futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga muvaffaq bo'lishdi.

Axir Angliya maydonlarida anchadan buyon yoshlar birinchi planda bo'lmayotgandi. Hozir aynan shunday vaqtlar keldi chog'i. Bizda 25 yoshlilar umidli yosh sifatida ko'rib, ular bilan “ter to'kib” ishlanayotgan bir pallada, APLda 22 yoshga to'lmaganlardan butun boshli jamoa tuzsa bo'ladi.

Bugun biz o'z o'yini bilan millionlab muxlislarni qoyil qoldirayotgan 5 futbolchi haqida so'z yuritamiz. Bu ro'yxatda Marsyal, Reshford yoki Alli yo'q. Sababi ular, o'tgan mavsumdayoq keng ommaga yaxshi tanish bo'lib ulgurishgan.

Demak, bugun biz so'z yuritadigan 5 futbolchini yaxshilab (!) eslab qoling. SHunda ikki-uch oydan so'ng, ular dunyo darajasidagi yulduzga aylanganda, hech kim sizni “glor” deb ayta olmaydi.



Leroy Sane (“Manchester Siti”)
“Manchester Siti” avvalgi mavsum oldidan Leroy Saneni 55 million evroga sotib olgandi. Eng qimmat nemis futbolchisi Gvardiola talablariga ko'nikishiga uzoq vaqt kerak bo'ldi. Mavsumning birinchi qismini u zaxira o'rindig'ida o'tkazdi, chempionat yakuniga yaqin bir nechta muhim gollarni urishga muvaffaq bo'ldi. Eng esda qoladigani –“Arsenal” darvozasiga urilgan g'alaba to'pi edi. Ikkinchi mavsumda Sane o'zini ko'rsatadi va hammasi zo'r bo'ladi deb kutishgandi, ammo Gvardiola futbolchini ochiqchasiga tanqid qilib tashladi.

“U jamoa ixtiyoriga yomon sport formasida kelib qo'shildi. Leroy mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida, o'rtoqlik o'yinlarida ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olmadi. Mavsumning dastlabki uchrashuvlarida ham u yomon o'ynadi va asosiy tarkibdan joyga loyiq emasdi”.

Xosep Gvardiola ikkita teng kuchli tarkibga etadigan futbolchilarni to'plab oldi va istagan vaqtda, istalgan nuqtada rotaciya ishlarini amalga oshirmoqda. Ammo Sanening omadi chopdi. CHap qanot futbolchisi Benjamen Mendi jarohat oldi va Sanening “svetofori”da yashil chiroq yondi.

“Mendi keng o'ynay oladi. Kerak vaqtda vinger o'rtaga o'tib o'ynashi mumkin. Delfning o'yin uslubi boshqacharoq. Mendi yo'qligida, bu vazifani Sane bajarmoqda. SHuning uchun Aguero va Jezus birga o'ynamayapti”, — deya Gvardiola yarim himoyachi Leroy hozirda almashtirib bo'lmas o'yinchiligiga izoh berdi.

Sane, raqobat aksincha halal beradigan futbolchilar toifasiga kiradi shekilli. Germaniyalik futbolchi chap qanotga qulay joylashib oldi va samarali harakatlarni kollekciya qila boshladi. 6 gol va 8 golli pas bilan Sane gol + pas sistemasida Premer-Liganing ikkinchi pog'onasida bormoqda.


Andreas Kristensen (“CHelsi”)
21 yashar daniyalik futbolchi ko'pchilikni lol qoldirib ulgurdi. U top-6 chempionatlarida bu qadar yosh bo'lishiga qaramay, yangi jamoasida o'z o'rniga ega bo'la oldi. Kristensen uzoq va mashaqqatli mehnatdan qochmadi va imkoniyatga ega bo'ldi. Ha, balki hozircha u David Luizdan kuchli emasdir. Ammo shunday o'sishda davom etsa, braziliyalik markaziy himoyachi o'ziga yangi jamoa qidirishiga to'g'ri keladi.

Kristensen ikki yil davomida Bundesliganing eng quvnoq jamoasida – myonxengladbaxning “Borusiya”sida asosiy tarkibda to'p tepgan.

Hozirda Kristensenning asosiy vazifasi – himoyada ishonchli o'yin ko'rsatish va qo'pol xatolarga yo'l qo'ymaslik. U o'ta extiyotkor, aynan shu jihati bilan David Luisdan farq qiladi. Skandinavning braziliyalikdan asosiy ustun tomoni uning aniq paslarida – 93 – 87 %. Qolgan ko'rsatkichlarda tajribali Luis ustunroq. Raqibdan to'pni olib qo'yish bo'yicha Andreas 11 o'yinda, Luis 8 uchrashuvdagi natijasini takrorlay olmadi. Tanganing ikkinchi tarafida esa, Kristensenning xatosiz o'yini va biror marta ham sariq kartochka olmagani turipti.

Kristensen – “CHelsi” tarbiyalanuvchisi. Bundan kelib chiqadiki, muxlislar “simpatiya”si bilan muammo bo'lmaydi.

“Men Kristensenga hamkasbi Jon Terrining darajasiga etishni tilayman. Buning uchun unda barchasi mavjud. U uzoq yillar “CHelsi” sharafini himoya qilib, Terri kabi klub timsoliga aylanishini tilayman. Kristensen – mavsum startining asosiy syurprizlaridan biri bo'ldi”, — deydi Antonio Konte.


Risharlison (“Uotford”)
Braziliyalik narxi bo'yicha olsak, Premer-Liganing eng omadli transferi desak mubolag'a bo'lmaydi. “Uotford” Risharlisonni “Fluminense”dan 12,5 million evroga sotib olgan. Zamonaviy futbol uchun bu “kopeyka”.

“Uotford” Marko Silva bilan jamoa hujumkor futbol ko'rsatmoqda, Risharlison esa o'sha futbolning yorqin namoyondasi. Jamoa bir muddat 4-pog'onani egallab turdi, ammo keyin pasga sho'ng'ish amalga oshirildi. Jamoaning jadvaldagi o'rni o'zgargan bo'lsada, hujumchining ajoyib o'yinlari hamon muxlislarni xushnud etmoqda. Risharlison 5ta gol urdi va 4ta golli pas oshirdi.

“Uotford”ning deyarli har bir hujumi Risharlison orqali amalga oshirilmoqda. 11-turdan to 14-turgacha braziliyalik hujumchi raqib jarima maydonchasi ichida to'p bilan muomalada bo'lish bo'yicha APLda etakchi bo'ldi. Ha, eng qizig'i bu narsa istalgan raqibni “yanchib” tashlayotgan” “Manchester Siti” davrida bo'ldi.

Tahminimizcha, Risharlison bu mavsumni “Uotford”da yakunlab qo'yadi va keyin APLning top-6 jamoalaridan biriga borib qo'shilsa kerak. Lekin Maurisio Pochettino yanvardayoq futbolchiga “ko'z olaytirishi” mumkin. Agar Keyn yozda ketadigan bo'lsa, “shporlar” kimga og'iz solsa ham, u futbolchining narxi ikki barobar qimmat aytilaveradi. Murabbiyning aytishicha, Risharlison hujumda Alli va Eriksen bilan ajoyib trio hosil qila olarmush.


Davinson Sanches (“Tottenxem”)
“Tottenxem” yozda “Ayaks” himoyachisini 42 million funt evaziga imzoladi. Bir qarashda yosh, chinakamiga kuchli chempionatda sinalmagan futbolchi uchun ko'proq to'langandek. Boshqa tarafdan o'sha yosh Sanches hali uzoq yillar to'p tepadi va o'sishda davom etadi. Keyin uni xattoki shu narxga ham olib bo'lmay qolishini tushundi “Tottenxem”.

Pochettino qo'l ostida Alderveyreld va Vertongen bor bo'la turib, kolumbiyalikni bekorga sotib olgani yo'q. Murabbiy uzoqni ko'zlab ish tutdi. Qo'shimchasiga, Sanchesning omadi chopdi. Tobi jarohat olib, fevralgacha safdan chiqdi. Qo'shimchasiga, Pochettino uchta markaziy himoyachi bilan o'yin taktikasini muntazam sinab ko'rmoqda.

APLdagi dastlabki o'yinlarida Sanches o'zini yo'qotib qo'yayotgandek ko'rindi. Ammo uning yana omadi chopdi. Uning xatolaridan so'ng, raqiblar gol urishga muvaffaq bo'lishmadi. Statistika bobida ham kolumbiyalikning ishlari joyida. Paslar aniqligi 90 % atrofida (bu borada u Vertongen va Alderveyreldni ortda qoldirishga ham muvaffaq bo'ldi) va 64 % yuqoridagi kurashlardagi natija. APLdagi dastlabki mavsum uchun yomon emas. Pochettino shogirdi Sanchesni top darajadagi o'yinchiga aylantira olishiga ishonmoqda.

Sanches agressiv o'yin namoyish etadi, to'p bilan muomalada ham, maydonni ko'ra olishda ham himoyachi yaxshi natijalar ko'rsatmoqda. U aqlli bo'lishiga qaramay, juda kamtar o'yinchilar toifasiga kiradi. SHuningdek, u o'rganishdan, xatoldarini tan olib, to'g'rilashdan qochmaydi.


Ruben Loftus-CHik (“Kristal Pelas”)
Yosh yarim himoyachi “CHelsi”dagi Andreas Kristensenning taqdirini takrorlashi mumkin. Antonio Konte vunderkindga aytarli imkon bermadi va “Kristal Pelas”ga ijaraga berishni maqul ko'rdi.

Jamoaning ishlari uncha yurishmasada, bu baholar Loftus-CHikka tegishli emas. 21 yoshli futbolchi ko'proq maydon markazida harakat qilmoqda va jamoasining hujumlarini boshlab berishda faolroq. Ammo bu unga hamon statistika bo'yicha eng yaxshilardan biri bo'lishi uchun to'siq bo'lmayapti. 82% paslari aniq etib borgani va 14 bor hal qiluvchi uzatmani aynan Loftus-CHik amalga oshirgani uning jamoada rolini ko'rsatib turibdi. Bor yo'g'i 14 tami deyishga shoshilmang, uning jamoasi nechanchi o'rindaligi, unga elkadosh bo'lib, kimlar to'p tepayotganini ham bir eslang. Bundan tashqari ingliz futbolchisi 27 bor raqiblarini qoida buzishga majbur qilgan. Tengdoshlari ichida faqat Dele Alliga nisbatan raqiblar ko'proq qo'pollik qilishga majbur bo'lishgan xolos.

O'yinidagi o'sishni terma jamoa murabbiylari ham sezib ulgurishgan. Germaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Loftus-CHik maydonda eng yaxshilardan biri bo'ldi deb bemalol ayta olamiz. Kim biladi deysiz, balki keyingi mavsumdayoq Ruben “CHelsi” asosiy tarkibidan joy egallash uchun qulay imkoniyatga ega bo'lar.

Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика