APLning 3 futbolchisi koronavirusga chalingan, barcha jamoalardagi o'yinchilar esa testdan o'tmoqda

Eldor Akmurzayev
12 mar 2020, 19:20
Bu haqda “The Telegraph” xabar beradi.

Angliya chempionatida qatnashuvchi klubning uch futbolchisi kororonavirus infekciyasi alomatlari paydo bo'ldi. Ularning kim ekanligi esa oshkor qilinmagan. Futbolchilardan biri kasallanganini bir hafta oldin sezgan va shu zaxoti u ommadan ajratilgan. Hozirda u o'zini yaxshi his etmoqda. Keyinroq esa yana ikki o'yinchi virusni yuqtirib olgani aniqlandi.

Ayni vaqt Premer-liga barcha jamoalarining a'zolari koronavirusga tekshiruvdan o'tmoqda. Agar testlar ijobiy natija beradigan bo'lsa chempionat uchrashuvlari xuddi A Seriya va La Liga singari qoldiriladi.

Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniyada mazkur xastalik bilan bog'liq 459 holat qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph