APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun davogarlar malum
03 mar 2022 22:16
Yangiliklar


APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun davogarlar malum
Premer-liganing fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga Yurgen Klopp ("Liverpul"), Mikel Arteta ("Arsenal"), Ralf Xazzenxyutl ("Sautgempton"), Eddi Xau ("Nyukasl") davogarlik qilmoqda.
Klopp boshchiligidagi "Liverpul" fevral oyini 4 o'yinda 4 ta g'alaba bilan yakunladi. Artetaning "Arsenal" jamoasi ham fevral oyida barcha o'yinlarda g'alaba qozondi, ammo ularning soni 4 ta emas, 3 ta edi.
"Sautgempton" o'tgan oyda 3 marta g'alaba qozongan bo'lsa, yana 1 ta o'yinda durang qayd etgan. Eddi Xau qo'l ostidagi "Nyukasl" 4 ta o'yinda 3 ta g'alabaga va 1 ta durangga erishgan.
"Manchester Siti" 27 turdan keyin 66 ochko bilan APLda peshqadamlik qilmoqda. "Liverpul" zaxiradagi bir o'yini bilan "shaharliklar"dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar